Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- qoʻshimcha talab qilinadi
- Optik qurilma.
Kerakli asbob va jihozlar:
1. 3 qoʻsh tirqishli diafragma (469 84) – 1ta 2. 4 qoʻsh tirqishli diafragma (469 85) – 1ta 3. 5 qoʻsh tirqishli diafragma (469 86) – 1ta 4. Prujinali siqib turuvchi tutgich (460 22) – 1ta 5. He-Ne-Lazer, chiziqli qutblangan (471 830) – 1ta 6. Polyarizatsion filter (472 401) – 1ta 7. VideoCom USB (337 47USB) – 1ta 176 8. Gardishli linza, f =+5 mm (460 01) – 1ta 9. Gardishli linza, f =+50 mm (460 02) – 1ta 10. Gardishli linza, f =+500 mm (460 11) – 1ta 11. Optik stol, profili standard 1 m (460 32) – 1ta 12. Optik reyder 60/50 (460 373) – 7ta qoʻshimcha talab qilinadi: 1 Windows 2000GʻXPGʻVista oʻrnatilgan PK Tajriba qurilmasi: Eslatma: Yustirovka bir oz qorongʻulashtirilgan xonada bajarilishi kerak. Butun tajriba qurilmasi 71-rasmda tasvirlangan. Fokus masofasi f =+5 mm boʻlgan sferik linza 𝐿 1 qutblangan lazer nurining kengayishini ta′minlaydi. Fokus masofasi f =+50 mm boʻlgan keyingi yigʻuvchi linza 𝐿 2 shunday joylashtirilganki, uning markazi sferik linza markazidan bir oz pastda. Bu bilan lazer nuri bir oz kengayadi va optik oʻq boʻyicha deyarli parallel tarqaladi. Prujinali qisqichli tutgichdagi H fokus masofasi f=+500 mm boʻlgan yigʻuvchi linza 𝐿 3 ortidagi VideoComning ZBA si namunasida yorqin difraksion tasvirni ta′minlaydi. Lazer nurlanishining intensivligi lazer bilan linza 𝐿 1 orasidagi polyarizasion filtr P yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Optik qurilma. - Optik reyderdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik stolga 71-rasmda keltirilgandek oʻrnating. - Shtativ va optik reyder yordamida optik stolning qaramaqarshi tomoni oxiriga VideoCom ni joylashtiring. - Lazerni ulang va lazer bilan VideoCom ni shunday yustirovka qilingki, ular aniq optik oʻqda yotsin. Boshqa optik komponentlarni joylashtirishda optik oʻq saqlanishini tekshirib boring. - Fokus masofasi f=+5 mm boʻlgan sferik linzani 𝐿 1 lazer old tomonidan taxminan 20 sm masofada oʻrnating. (lazer nuri VideoCom tuynugiga tushishi kerak). - Fokus masofasi f=+50 mm boʻlgan yigʻuvchi linzani 𝐿 2 sferik linza 𝐿 1 orqasiga taxminan 6 sm masofada joylashtiring va uni lazer nurining tasviri VideoCom ning 177 ZBA kanalida keskin boʻlmaguncha optik stol boʻylab, sferik linza 𝐿 1 tomonga qarab, siljiting. - Yigʻuvchi linza 𝐿 2 ni sferik linza 𝐿 1 dan to ekrandagi lazer nurining diametri taxminan 6 mm gacha kengaymaguncha siljiting (bunda lazer nuri doimiy aylana kesimga ega boʻlishi kerak) - Linza bilan ekran oraligʻida nurning diametri doimiy qolishini aniqlash uchun, nur yoʻliga oq varaq tuting va optik oʻq boʻyicha nurning kesimini tekshiring. - Fokus masofasi f=+500 mm boʻlgan yigʻuvchi linzani 𝐿 3 nurning yoʻliga VideoCom dan taxminan 50 sm da joylashtiring va uni lazer nurining tasviri VideoCom ning ZBA kanalida keskin boʻladigan qilib oʻrnating. - Uchta qoʻsh tirqishli diafragma bor prujinali siqib turuvchi tutgichni 𝐿 2 bilan 𝐿 3 oraligʻiga nurning yoʻliga joylashtiring. - VideoCom faqat kanaldagi intensivlikni oʻlchaydi. Shuning uchun, difraksion tasvir aniq ZBA kanaliga tushayotganini tekshirish kerak. Zarur boʻlsa, VideoCom balandligini oʻzgartiring. - Polyarizasion filtrni P lazer bilan linza 𝐿 1 oraligʻiga oʻrnating. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling