Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Tajribaning oʻtkazish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinash uchun savollar
Tajribaning oʻtkazish tartibi:
Qurilmani ishga tushirish - Agarzarurat boʻIsa offset ni korrektirlang: Setting UB ni oching, “Correct” ni tanlang, dastlabki raqam qiymati “Î V” ni î′mating va “Correct Offset” ni bosing. - Transformatoming oʻzagini magnitsizlantiring. - Tajriba oʻtkazishni boShlang - Gisterezis halqasining bir davridan keyin yoki Ô = 0 Vs da oʻlchashni toʻxtating (bu holda î′zak qayta magnitsizlantirilmasligi mumkin) - Agar gisterezis halqasi ikkinchi va toʻrtinchi kvadrantlarda yotgan boʻlsa, ikki gʻaltakdan binning ulash nuqtalarini qarama - qarshisiga almashtiring. 166 - Agar tajriba oʻtkazish davomida grafik displeyda tashqarida boʻlsa, Settingub dan oʻlchash diapozonini kengaytiring. Sinash uchun savollar: 1. Magnetiklar haqida ma′lumot bering. 2. Gisterezis halqasi qanday hosil qilinadi? 3. Tansformatorning ishlash prinsipini va tajribaga bog`liqligi tushuntiring. 4. Tajriba qurulmasini ishlash mehanizimini tushuntiring. 167 4 – BOB. OPTIKA 1-laboratoriya ishi LINZA TASVIRIDA SFERIK BUZILISHLARNI OʻRGANISH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 19, 21, 22, 24, 53, 54, 60.) Tajriba maqsadi: Linzaning sferik aberrasiyasini oʻrganish. Sferik aberrasiyà tufauli tasvirda yuzaga kelgan nuqsonni aniqlash. Qisqacha nazariya: Optik sistemaning bosh vazifasi buyumning toʻgʻri tasvirini hosil qilishdan iborat. Eng sodda holat bu tasvir sistemaning optik oʻqiga perpendikulyar ravishda joylashgan yassi suratdir. Toʻgʻri tasvir hosil boʻlishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 1) Tekislikning har bir nuqtasi stigmatik ravishda tasvirlanishi kerak; 2) Tasvirning hamma nuqtalari sistemaning oʻqiga perpendikulyar boʻlgan tekislikda yotishi kerak; 3) Tasvirning masshtabi (kattalashtirishi) uning hamma joyida bir xil boʻlishi kerak. Bu shartlarning birinchisi va ikkinchisi buzilganda tasvirning aniqligi pasayadi, ikkinchi va uchinchi shart buzilganda tasvir deformatsiyalanadi. Optik asboblarning bunday nuqsonlari aberratsiya deb ataladi. Amalda aberratsiyani toʻla yoʻqotib boʻlmaydi, lekin uni tasvirning sifatiga sezilarli ta′sir koʻrsatmaydigan darajada kamaytirish mumkin. Mazkur tajribada “sfericheskaya aberrasiya” oʻrganiladi. Linza akslantirishidagi boshqa xatoliklar, ya′ni “xromatik aberrasiya”, “akslantirish buzilishlari” (barrel va yostiqcha) va “linza akslantirishidagi tasvir maydonining qiyshayishi” bir biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan P5.1.3.2 dan P5.1.3.4 gacha tajribalarda oʻrganiladi. Linza orqali oʻtgan nurlar bosh optik oʻqni bitta nuqtada kesib oʻtmaydi, har xil nuqtada kesib oʻtadi. Bu kamchilik sferik aberratsiya deb ataladi. Katta diametrli va qisqa fokusli linza yordamida tajriba oʻtkazib, bu nuqsonning qanday yuzaga kelishini koʻrish mumkin. Sistemaning optik oʻqida yorugʻlanuvchi A nuqta 168 joylashgan deb faraz qilaylik. Bu A nuqta optik sistemaga nurlarning keng dastasini yuborayotgan boʻlsin. Linzaning Sferik aberratsiya oʻlchovi sifatida tegishli zonalarga oid 𝐴 0 va 𝐴 1 lar orasidagi masofa olinadi (65–rasm). Sferik aberratsiyaning kattaligi linza sirtlarining egrilik radiuslariga va sindirish koʻrsatkichiga, shuningdek manbaga nosimmetrik linzaning qaysi sirti qaraganligiga bogʻliq. Masalan, krondan yasalgan va egrilik radiuslari nisbati kabi boʻlgan ikki yoqlama qavariq linza parallel nurlarga qavariqroq tomoni bilan qaragan holda aberratsiyalar eng kichik boʻladi. Yassi – qavariq linza ham deyarli shunday yaxshi ishlaydi. Sferik aberratsiya koʻndalang, boʻylama sferik aberratsiyaga boʻlinadi. Yorugʻlik biror A nuqtadan chiqayotgan boʻlsin, bosh optik oʻqqa yaqinroq boʻlgan nurlar ozroq va bosh optik oʻqdan uzoqroq boʻlgan nurlar koʻproq sinib A nuqtaning bir necha tasviri hosil boʻladi. Agar bosh optik oʻqqa tik ekran qoʻyilsa ekranda noaniq yoyilgan yoyilgan tasvir hosil boʻladi. Bu kamchilik koʻndalang sferik aberratsiya deyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling