Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 13, 15, 17, 48, 49, 50, 55.
Sinash uchun savollar: 1. Vakumda elektr toʻki qanday hosil qilinadi. 2. Toyinish toʻkini fizik mohiyatini tushuntiring? 3. Vakuumli diodni yarimoʻtkzgichli dioddan ustuvor yoʻnalishlarini tushuntiring. 4. Lengmyur-Chayld qonuninini tushuntiring. 163 11- laboratoriya ishi FERROMAGNITNING MAGNITLANISH EGRI CHIZIGʻINI VA GISTERZIS HALQASINI OʻLCHASH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 13, 15, 17, 48, 49, 50, 55.) Tajriba maqsadi: Ferromagnitning magnitlanishi. Gisterzis halqasini hosil qilish. Qisqacha nazariya: Transformatoming oʻzagidagi (ferromagnitdagi) magnit maydon gʻaltakdan oqayotgan toʻk kuchiga va birlamchi gʻaltakdagi effektiv oʻramlar zichligiga toʻgʻri proporsional boʻladi 𝐻 = 𝑁 1 𝐿 𝐼 (3.38) Ammo hosil boʻladigan magnit oqimining zichligi yoki magnit induksiyasi H ga toʻgʻri chiziqli proporsional boʻlmaydi. 𝐵 = 𝜇 𝑟 𝜇 0 𝐻 (3.39) Bu yerda 𝜇 0 = 4𝜋 10 -7 Vs/Am Magnit maydon kuchlanganligi H ning ortishi bilan magnit induksiyasi 𝐵 𝑠 toʻyinish qiymatiga erishadi. Nisbiy magnit singdiruvchanlik 𝝁 r ning qiymati magnit maydon kuchlanganligi H dan va ferromagnitning dastlabki magnit holatidan bogʻliq boʻladi. Magnisizlantirilgan ferromagnetikda magnit maydon kuchlanganligi H = 0 A/m boʻlganda magnit induksiyasi B = 0 T boʻladi. Ammo, oddiy hollarda ferromagnit H = 0 A/m boʻlganda ham nolga teng boʻlmagan qoldiq magnit oqimi zichligi  ga ega boʻladi. Shunday qilib, magnit induksiyasi  ning maydonkuchlanganligi H ning ortib borgandagi va kamayib borgandagi qiymatlarining funksiyasi sifatida gisterezis halqasi shaklida ifodalash qulay boʻladi. Gisterezis halqasi butunlay magnitsizlantirilgan materialning H = 0 A/m va Â=0 T boʻlganda koordinatalar sistemasining 0 nuqtasidan boshlanadigan magnitlanish egri chizigʻidan farq qiladi. Bu tajriba misolida H va  lar toʻgʻridan toʻgʻri (bevosita) oʻlchanmagan, balki ularga proportsional boʻlgankattaliklar, birlamchi chulgʻamdagi toʻk kuchi 𝐼 = (𝐿/𝑁 1 ) H va ikkilamchi chulgʻamdagi magnit oqimi 164 𝛷 = 𝑁 2 A B dan foydalanilgan ( 𝑁 2 - ikkilamchi chulgʻamdagi oʻramlar soni, A – ferromagnit oʻzagining koʻndalang kesimi). Magnit oqimi Φ ikkilamchi chulgʻamda induksiyalanadigan U kuchlanishning integrali sifatida hisoblab topilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling