Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Tajribani oʻtkazish tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Tajribani oʻtkazish tartibi: 
Plyonkani oʻrnatish: Qorungʻu xonada moʻljalni olish uchun och yashil yoki toʻq 
yashil (yoki zangori-yashil) lampadan foydalanish kerak. Ammo, plyonka 
toʻgʻridan toʻgʻri yoritilmasligi yoki u berkitilishi kerak.
Lazerni uzing (tajriba qurilmasi ekspozisiya vaqtida vibrasiyalanishini oldini olish 
uchun ta′minlash kuchlanishini lazerning ulab uzgichi bilan emas, balki pilot tipli 
uzaytirgichning asosiy ulab uzgichi yordamida uzing. Plyonkani ushlab turgich 
asosini (g) turgʻunlashtirish uchun barmoqlaringizdan foydalaning va tajriba 
qurilmasida plyonkani ushlab turgichni ehtiyotlik bilan harakatlantiring. 
– Xonani qorongʻulashtiring.
– Yorugʻlik oʻtkazmaydigan paketdan oʻlcham boʻyicha qirqib olingan bitta 
plyonka parchasini chiqarib oling. Bunda plyonkaning emulsion sirtini 
shikastlantirmaslik uchun, faqat plyonkaning chetlaridan ushlang. 


220 
– Kallagi taram-taram qilingan vintlardan foydalanib plyonkani ushlab turgich 
qisgichini oching.
– Plyonka listini ushlab turgichga shunday mahkamlangki, qurilmaga ushlab 
turgichni qayta oʻrnatganigizda plyonkaning qoplangan tarafi obyekt tomonga 
qarasin.
– Qisgichni berkitib plyonkani batartib ushlab turgichga mahkamlang.
– Plyonkani ushlab turgich asosining turgʻunligini ta′minlash uchun yana 
barmoqlaringizdan foydalaning va plyonkani ushlab turgichni tajriba qurilmasiga 
oʻrnating.
– Qoplamani yoping. 
Ekspozisiya: Ekspozisiyaning optimal vaqti lazer nurining obyektdan sochilishiga 
va gologramma tipiga bogʻliq va u tajriba yoʻli bilan aniqlanishi kerak. Lazer 
nurlanishi quvvati 1 mVt boʻlganda fazaviy gologrammalar uchun ekspozisiya 
vaqti taxminan 5 s dan 15 s gacha va bu vaqt qoʻpol yaqinlashish sifatida qabul 
qilinishi mumkin. Amplitudaviy gologrammalar uchun ekspozisiya vaqti taxminan 
uch-toʻrt marta qisqaroq. 
Koʻkimtir filtrlardan foydalanilganda 0,2 mVt lazer quvvati chegarasiga erishiladi, 
bunda gologramma sifati yomonlashadi, keyinchalik qoʻshimcha aralashish 
hodisalari sababli va ekspozisiya vaqti taxminan besh marta oshiriladi. 
- Plyonka va qurilmadagi zoʻriqishlar soʻnishiiga imkon berish uchun taxminan 
besh minut kuting.
- Ekspozisiya vaqti davomida plyonkaning sirtidagi interferension tasvirni 
oʻzgartira olishi mumkin boʻlgan ortiqcha hyech narsa qilmang.
- Pilot tipli udlinitel orqali lazerni ulab, uzib qurilmani qimirlatmasdan (masalan: 
ta′minlash manbasining shnurini tortib) plyonkani ekspozisiya qiling.
- Kojuxni oching va plyonkani ushlab turgichni tajriba qurilmasidan oling. Keyin 
qisgichni ochib plyonkani ushlab turgichdan chiqarib oling. Plyonkani faqat 
chetlaridan ehtiyotlik bilan ushlang. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling