Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
) ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 7, 8, 11, 35, 45, 47, 56
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
) ANIQLASH
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 7, 8, 11, 35, 45, 47, 56.) Tajriba maqsadi: Poʻlat zoldirning ossillyasiya davrini oʻlchash. Havo uchun adiabata koeffitsiyentini aniqlash. Qisqacha nazariya: Gazlarning kinetik nazariyasi ideal gazlarning adiabata koeffitsiyentini koʻrsata oladi. Gazning ichki energiyasini U unga tashqaridan uzatilayotgan issiqlik miqdorini 𝛥𝑄 oshirish yoki uning ustida mexanik ish 𝛥𝑊 bajarish orqali oʻzgartirish mumkin: Д𝑈 = 𝛥𝑄 + 𝛥𝑊 (2.40) Holatni adiabatik oʻzgartirishlarda tashqi atrof muhit bilan issiqlik almashinuv boʻlmaydi. Shu sababli issiqlik miqdori oʻzgarmaydi: 𝛥𝑄 = 0 (ya′ni entropiya doimiy qoladi). Ideal gaz qonunidan 𝑝𝑉 = 𝑚𝑅𝑇 𝛥𝑈 = 𝐶 𝑉 𝑚 𝛥𝑇, hamda (2.40) tenglamadan Puasson tenglamasi kelib chiqadi, u temperatura oʻzgarganda holatning adiabatik oʻzgarishini ifodalaydi: 𝑝𝑉 = 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡 (2.41) bu yerda k adiabata koʻrsatgichi va u quyidagicha aniqlanadi: 𝑘 = 𝐶 𝑝 𝐶 𝑣 va 𝐶 𝑝 = 𝐶 𝑣 + 𝑅 (2.42) bu yerda 𝐶 𝑝 – doimiy bosimda solishtirma issiqlik sigʻimi 𝐶 𝑣 - doimiy hajmda solishtirma issiqlik sigʻimi 𝐶 𝑝 bilan 𝐶 𝑣 haqida nazariy bashorat qilish Bir mol ideal gazni doimiy hajmda (izoxorik jarayon) ΔT gacha qizdirish uchun quyidagi energiya kerak boʻladi: 𝛥𝑄 = 𝐶 𝑣 𝛥𝑇 (2.43) bu yerda 𝐶 𝑣 molyar issiqlik sigʻimi. Doimiy hajmda holatning oʻzgarishida mexanik ish bajarilmaydi, ya′ni (2.40) tenglamada 𝛥𝑊 = 0. Shunday qilib, sistemaga berilayotgan issiqlik 𝛥𝑄 faqat zarrachalarning kinetik energiyasini 113 oshiradi. Gazlar kinetik nazariyasidagi zarrachalar erkinlik darajasi boʻyicha energiyaning bir tekis taqsimlanishi qonuniga asosan zarrachalar oʻrtacha kinetik energiyasining ortishi quyidagicha aniqlanadi: ∆𝐸 𝑘𝑖𝑛 = 1 2 𝑓 𝑅 ∆𝑇 (2.44) bu yerda f – bir zarrachaga toʻgʻri keladigan erkinlik darajasining soni, R – universal gaz doimiysi, 𝛥𝑇 – temperaturaning oʻzgarishi. (2.43) va (2.44) formulalarni taqqoslashdan ideal gazning molyar issiqlik sigʻimi faqat gaz molekulasining erkinlik darajasi bilan aniqlanishi kelib chiqadi: 𝐶 𝑣 = 1 2 𝑓𝑅 (2.45) Bir atomli gazlaring zarrachalari faqat uchta erkinlik darajasiga ega boʻladi. Bir atomli gazlarda oʻrtacha issiqlik energiyalarida (~ 25 meV) burchak momentlarining kvantlanishi natijasida aylanma erkinlik darajasining yuzaga kelishi kuzatilmaydi. Ikki atomli va chiziqli koʻp atomli molekulalar aylanma erkinlik darajalariga ega. Ammo, oʻq boʻyicha inersiya momenti kichik boʻlganligi sababli, ikki atomli va chiziqli koʻp atomli molekulalar molekulyar oʻqqa nisbatan faqat perpendikulyar aylanadi. Chiziqli molekulalar uchta ilgarilanma erkinlik darajasiga qoʻshimcha 2 ta aylanma erkinlik darajasiga ega (f = 5). Xona haroratida faqat nochiziqli molekulalar uchun barcha uchta aylanma erkinlik darajasi qoʻzgʻaladi (f = 6). Ideal gaz qonunini qoʻllash, erkinlik darajasi soni bilan adiabata koʻrsatgichi orasidagi quyidagi munosabatni olishga imkon beradi (jadval 4 ga qarang): k = C p C v = f+2 f (2.46) Jadval 4. Ideal gazlar uchun (2.46) formula bilan hisoblangan adiabata koʻrsatgichlari: Gaz turi Bir atomli (He, Ar) Chiziqli ikki atomli molekulalar(O 2 , N 2 , H 2 ) Nochiziqli koʻp atomli molekulalar f 3 5 6 k 1,67 1,40 1,33 114 Richard metodi boʻyicha 𝐶 𝑝 /𝐶 𝑣 nisbatni aniqlash. Bu tajribada gazli trubkaga kiritilgan va gaz hajmini zich bekituvchi poʻlat zoldirning tebranish davri orqali havoning adiabata koʻrsatgichi k aniqlanadi. 37-rasmga binoan, agar ballondagi bosim p atmosfera bosimi p 0 bilan poʻlat zoldir ogʻirligi yuzaga keltirayotgan bosim yigʻindisiga teng boʻlsa, shisha trubkadagi zoldir muvozanat holatida boʻladi: p = p 0 + 𝑚𝑔 𝐴 (2.47) bu yerda m – poʻlat zoldir massasi, g – erkin tushish ogʻirligi, A – Shisha trubkaning koʻndalang kesimi yuzasi. Zoldir muvozanat holatidan x masofaga siljisa, unda bosim dp ga oʻzgaradi. Shu sababdan 𝐹 = 𝐴 𝑑𝑝 kuch poʻlat zoldirni harakatlantiradi va unga Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan tezlanish beradi: 𝐴 𝑑𝑝 = 𝑚 𝑑 2 𝑥 𝑑𝑡 2 (2.48) Bu jarayon juda tez amalga oshgani uchun, uni amalda adiabatik deb hisoblash mumkin va bu (2.41) tenglamani differensiyalash orqali kelib chiqadi: 𝑉 𝑘 𝑑𝑝 + 𝑝 𝑘 𝑉 𝑘−1 𝑑𝑉 = 0 (2.49) 𝑑𝑝 = − 𝑘 𝑝 𝑉 𝑑𝑉 (2.50) Poʻlat zoldir shisha trubkaning ichida x masofaga siljiydi deb faraz qilindi, bu esa hajmning oʻzgarishiga olib keladi: 𝑑𝑉 = 𝐴𝑥 (2.51) 𝑑𝑉 ni (2.50) tenglamaga va 𝑑𝑝 ni (2.48) tenglamaga qoʻyib, zoldir harakat tenglamasini quyidagi koʻrinishda olamiz: 𝑑 2 𝑥 𝑑𝑡 2 + 𝑘 𝑝 𝐴 2 𝑚 𝑉 x = 0 (2.52) (2.52) formula garmonik ossillyator tenglamasi hisoblanadi va undan siklik chastotani ω aniqlash 𝜔 = √ 𝑘 𝑝 𝐴 2 𝑚 𝑉 (2.53) 115 Bu munosabatdan poʻlat zoldir bajarayotgan garmonik ossillyasiyalarning davrini aniqlash mumkin: 𝑇 = 2𝜋 𝜔 = 2𝜋√ 𝑚 𝑉 𝑘 𝑝 𝐴 2 (2.54) 37-rasm. Richard metodi bilan adiabata koʻrsatgichini k aniqlash uchun tajriba qurilmasi Bu tenglamadan adiabata koʻrsatgichi uchun quyidagi formulani olish mumkin: 𝑘 = 4𝜋 2 𝑚𝑉 𝐴 2 𝑝 𝑇 2 (2.55) (2.55) tenglamadagi tenglik belgisining oʻng tomonidagi barcha miqdorlarni ( 4𝜋 2 dan tashqari) tajribada aniqlash mumkin va ular asosida adiabata koʻrsatgichini aniqlash mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling