Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Qoʻshimcha ma′lumot: 
Kislorod va boshqa gazlar elektrolitda erishi, gaz pufakchalari shisha devoriga 
yopishib elektrolit temperaturasini oshirishi va toʻk oqimi tufayli gaz sababli 
sistematik xatoliklar uchraydi. 
Elektroliz davomida ajralgan atomar kislorodning bir qismi reaksion ta′sirlashib 
per-sulfat kislotani hosil qiladi. Shuning uchun yigʻib olingan kislorod miqdori 
ajralgan kislorodnikiga qaraganda biroz kamroq boʻladi. Shu sababli oʻlchashlar 
vodorod miqdori orqali olib boriladi. 


128 
 
Sinash uchun savollar: 
1. 
Faradey umumlashgan qonunini tushuntiring. 
2. 
Elektroliz jarayoni haqida ma′lumot bering. 
3. 
Valentlikning fizik mohiyatini ayting. 
4. 
Tajriba orqali aniqlanadigan Faradey doimiysini hisoblash formulasini 
keltiring. 
 
 
 
 
 
 
 


129 
4- laboratoriya ishi 
TAQASIMON MAGNIT MAYDONIDA TOʻKLI OʻTKAZGICHGA TA′SIR 
ETUVCHI KUCHNI OʻLCHASH. 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 13, 15, 17, 18, 49, 50, 51, 57.) 
 
Tajriba maqsadi: Taqasimon magnit maydonida toʻkli oʻtkazgichga ta′sir etuvchi 
kuchni toʻk kuchining funksiyasi sifatida oʻlchash. Taqasimon magnit maydonida 
toʻkli oʻtkazgichga ta′sir etuvchi kuchni oʻkazgich uzunligining funksiyasi sifatida 
oʻlchash. Taqasimon magnit maydonida toʻkli oʻtkazgichga ta′sir etuvchi kuchni 
magnit maydoni va toʻk yoʻnalishi oʻrtasidagi burchakning funksiyasi sifatida 
oʻlchash. Magnit maydonini hisoblash. 
Qisqacha nazariya: Magnit induksiyasi, yoki soddaroq qilib aytganda magnit 
maydoni  vektor kattalik hisoblanadi.  magnit maydonida v tezlik bilan 
harakatlanayotgan q zaryadga tezlikning kattaligi va yoʻnalishidan hamda magnit 
maydoni kuchlanganligidan va yoʻnalishidan bogʻliq boʻlgan kuch ta′sir etadi. Bu 
kuchni topish uchun quyidagi munosabatdan foydalaniladi 
𝐹 = 𝑞 𝑣 𝐵 (3.9) 
Lorents kuchideb ataluvchi F kuch ham vektor kattalik boʻlib u v va  lar bilan 
aniqlanadigan tekislikka perpendikulyar ravishda tasir etadi. Toʻkli oʻtkazgichga 
magnit maydonida ta′sir etayotgan kuchni toʻknihosil qiluvchi va shu maydonda 
harakatlanayotgan individual zaryad tashuvchilarga ta′sir etuvchi kuch 
komponentlarining yigʻindisi deb tushunish mumkin. (3.9) tenglamaga asosan 
Lorents kuchi v dreif tezlik bilan harakatlanayotgan har bir individual q zaryadga 
ta′sir etadi. Toʻgʻri oʻtkazgich uchun bu umumiy kuch 
𝐹 = 𝑞 𝑛𝐴𝑠 (v B) (3.10) 
Bu yerda - n zaryad tashuvchilarning zichligi, A - oʻtkazgichning kondalang 
kesimining yuzasi, s-oʻtkazgichning magnit maydonida joylashgan qismining 
uzunligi. Umumiy holda oʻtkazgich kesimining yoʻnalishini koʻrsatuvchi s 
vektomi kiritish qulay hisoblanadi. Bundan tashqari 
𝑞𝑛𝐴𝑣 koʻpaytma I toʻk 


130 
kuchiga teng. Shunday qilib magnit maydonining toʻkli oʻtkazgichga segmentiga 
ta′sir etuvchi kuchi quyidagi tenglamadan topiladi. 
𝐹 = 𝐼 (s B) (3.11) 
Bu kuchning absolyut qiymati quyidagi tenglamadan topiladi. 
𝐹 = 𝐼𝑠𝐵𝑠𝑖𝑛𝛼 (3.12) 
Bu yerda 
𝛼 - magnit maydoni va toʻk kuchi yoʻnalishi orasidagi burchak. 
Bu tajribada 20A gacha toʻk oʻtkazadigan toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi 
oʻtkazgich halqa taqasimon magitning gorizontal maydoniga joylashtiriladi. 
Oʻtkazgichning gorizontal qismiga ta′sir etuvchi kuch oʻlchanadi. Oʻtkazgichning 
ikki vertikal qismiga ta′sir etuvchi kuchlar oʻzaro kompensatsiyalanadi. Oʻtkazgich 
halqa kuch sensoriga ulanadi. U egilgan qismga ega boʻlib unga oʻlchash asbobiga 
biriktiriladi. Bu elementlaming elektr qarshiligi oʻzgartirilishi mumkin. 
46 - rasm. Magnit maydonida toʻkli oʻtkazgichga ta′sir etuvchi kuchning sxemali 
koʻrinishi. 


131 
Qarshilikdagi oʻzgarish hosil boʻladigan kuchga toʻgʻri proportsional. Unga 
ulangan dinamometr qarshilikdagi oʻzgarishni oʻlchaydi va unga mos kuchni 
koʻrsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling