Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-labarotoriya ishi UITSTON KOʻPRIGIDAN FOYDALANIB QARSHILIKLARNI QIYMATINI ANIQLASH
- Qisqacha nazariya
Sinash uchun savollar:
1. Maydon tushunchasiga fizik mohiyatini tushuntiring. 2. Elektrostatik maydon va unda bajarilgaan ish haqida gapiring. 3. Ikki materialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta′sir etkazilganda sodir bo`ladigan jarayonni izohlang. 4. Elektrometrik kuchaytirgich ishlash prinsipini tushuntirng. 121 2-labarotoriya ishi UITSTON KOʻPRIGIDAN FOYDALANIB QARSHILIKLARNI QIYMATINI ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 13, 15, 17, 18, 47, 49, 52, 58.) Tajriba maqsadi: Uitston koʻprigi uchun nol metodni tushunish. Qarshiliklarni yuqori aniqlik bilan oʻlchash. Qisqacha nazariya: Charlz Uitston tomonidan 1843 yilda kashf etilgan koʻprik sxemasini metodi qarshilikni oʻlchashning bir imkoniyatini ifodalaydi. Noma′lum qarshilikning qiymati 𝑅 𝑥 boshqa bir juda yuqori aniqlikda ma′lum boʻlgan R qarshilikning qiymati bilan taqqoslanib katta aniqlik bilan oʻlchanishi mumkin. Tajriba paytida uzunligi 1 m va koʻndalang kesimi oʻzgarmas boʻlgan oʻtkazgich simga U kuchlanish qoʻyiladi. Simning uchlari noma′lum qarshilik 𝑅 𝑥 ga va qarshiliklari yuqori aniqlik bilan aniq boʻlgan va ketma-ket ulangan oʻzgaruvchan qarshilik R ga ulangan (43-rasmga qarang). Oʻtkazgich simning ustiga oʻrnatilgan siljuvchi kontakt simni uzunliklari 𝑆 1 va 𝑆 2 boʻlgan ikki qisimga ajratadi. Siljuvchi kontakt nol indikator vazifasini bajaruvchi ampermetr orqali oʻtayotgan toʻk nolga teng boʻlsa 𝑅 𝑥 = 𝑆 1 𝑆 2 𝑅 (3.1) Shuning uchin qarshilikni oʻlchashning nol balansli usuli qarshilikdan oqayotgan toʻkga bogʻliq boʻlmaydi va stabillanmagan toʻk manbai yordamida ham ajralishi mumkin. Bu eksperimental konfiguratsiya uchun eng yaxshi oʻlchash aniqligiga simmetrik ulash yoʻli bilan, yani siljuvchi kontakt oʻtkazgich simning oʻrtasida joylashganda va shuning uchun 𝑆 1 va 𝑆 2 qisimlar bir-biriga teng uzunlikka ega boʻlganda yetishish mumkin. U vaqtda 𝑅 𝑥 = 𝑅 (3.2) boʻladi. Shuning uchun ma′lum boʻlgan qarshilik R ning qiymati imkoni boricha toʻgʻri oʻlchangan boʻlishi kerak. Chunki aniqlanayotgan R x qarshilik unga teng boʻladi. 122 Yuqoridagiga anternativ holda, noʻmalum qarshilik (3.2) tenglama bilan toʻgʻridan- toʻgʻri oʻlchanishi uchun, dastlab siljuvchi kontakt simning teng oʻrtasiga joylashtirilishi lozim va oʻzgaruvchan R qarshilikning qiymati ampermetr nolni koʻrstaguncha oʻzgartirib borilishi lozim. Bu holda R qarshilikning qiymati toʻgʻridan toʻgʻri izlanayotgan 𝑅 𝑥 noma′lum qarshilikning qiymatiga teng boʻladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling