Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Tajribani oʻtkazish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – BOB. ELEKTR VA MAGNETIZM 1- laboratoriya ishi ELEKTROMETRIK KUCHAYTIRGICH YORDAMIDA ELEKTROSTATIKANING ASOSIY TAJRIBALARINI BAJARISH.
- Qisqacha nazariya
Tajribani oʻtkazish tartibi:
- Aspiratorning pastki teshigi berk ekanligiga amin boʻling. - Presizision shisha trubkali rezina tiqinni aspiratorning yuqorigi teshigiga perpendikulyar qilib joylashtiring - Agar endi zoldir shisha trubkaga kiritilsa, u idishdagi havo hajmi shakllantirgan havo yostigʻida garmonik tebranishlar bajaradi. Ishqalanish energiyasiga yoʻqotishlar muqqarar boʻlgani uchun tebranishlar soʻnadi. - Bir necha marta (masalan 20) tebranishlar davrini T 10 ossillyasiya uchun oʻlchang. - Barometr koʻrsatishi boʻyicha bosim qiymatini yozib oling. - 1 l hajmli plastik menzurkadan foydalangan holda, idishni suv bilan toʻldirib, aspiratorning hajmini aniqlang. Suvni toʻkgandan keyin idishni yaxshilab quriting. Sinash uchun savollar: 1. Richard metodi haqida ma′lumot bering. 2. Poʻlat zoldirning ossillyasiya davrini tushuntiring. 3. Gaz molekulasining erkinlik darajasini tushuntiring. 4. Richard metodi bilan adiabata koʻrsatgichini aniqlaydigan tajriba qurilmasini tushuntiring. 118 3 – BOB. ELEKTR VA MAGNETIZM 1- laboratoriya ishi ELEKTROMETRIK KUCHAYTIRGICH YORDAMIDA ELEKTROSTATIKANING ASOSIY TAJRIBALARINI BAJARISH. (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 13, 14, 15, 17, 48, 49, 52, 58.) Tajriba maqsadi: Ikki ishqalanish tayoqchasini bir-biriga ta′sir yetkazganda zaryadlarning ajralishini tekshirish. Ishqalanish tayoqchasi ishqalash folgasi bilan ishqalanganda zaryadlar ajralishini tekshirish. Ishqalanish tayoqchalari har xil folgalar bilan ishqalangandan keyin zaryadlangan tayoqchalarning qutblarini aniqlash. Qisqacha nazariya: Zaryadlar ikki materialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta′sir etkazganda hosil boʻlishi mumkin. Tajribalarga koʻra materiallarning biri musbat ikkinchi manfiy zaryadga ega boʻladi. Bundan tashqari hosil boʻlgan zaryadlarning miqdori bir-biriga teng boʻladi. Agar materiallardan hosil boʻlgan zaryadlarni bir vaqtda oʻlchasak ular bir-birini kompensatsiyalaydi. Material zaryadining ishorasi bir materialning oʻzidan bogʻliq emas, yani ikkinchi materialning xossalariga ham bogʻliq. Ikki material bir-biriga ishqalanganida zaryadlarning hosil boʻlishini aniqlash uchun elektrometrik kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Bu qurilmada juda katta kirish qarshiligiga (10 13 Om) va juda kichik chiqish qarshiligiga (1 Om) ga ega boʻlgan asbob hisoblanadi. Kuchaytirgichning kirishi 2 ta sigʻimiy ulash yoʻli bilan va zaryadlarning toʻplash uchun Faradey chashkasidan foydalanib asbob yordamida juda kam miqdordagi zaryadlarni oʻlchash imkonini beradi. Shunday qilib tekizish va ishqalash yoʻli bilan hosil qilingan zaryadlar yuqori aniqlik bilan topilishi mumkin. 450 V li energiya manbai va 12 V AC energiya manbaiga ega boʻlgan tajriba qurilmalari mos ravishda 40-rasm va 41-rasmda koʻrsatilgan. Elektrometr kuchaytirgich yordamida zaryadni 119 qanday oʻlchash mumkinligi 53214 koʻrsatmalar toʻplamidan bilib olishingiz mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling