55
18-rasm. L uzunlkdagi ϕ burchakka ogʻdirilgan matematik mayatnik tebranish
davrini aniqlash qurilmasi.
b) Tebranish davrining uzunlikka bogʻliqligini aniqlash
- Mayatnik uzunligini 1.0 metrdan uzunroq qilib tanlang.
- Oʻlchash xatoligini kamaytirish uchun 10 tebranish davrini oʻlchang
- Mayatnik uzunligi L ni oʻlchang.
- Tajribani mayatnikning uzunligini oʻzgartirib takrorlang. Mayatnik uzunligini 0.8
m dan 2.0 m gacha oraliqda tanlash tavsiya qilinadi.
Sinash uchun savollar:
1. Matematik mayatnik haqida ma′lumot bering.
2. Mayatnik tebranish davrining mayatnik ogʻish burchagiga bogʻliqligi haqida
ma′lumot bering.
3. Muvozanat va oddiy tebranishlar haqida ma′lumot bering.
4. Tebranish vaqtida kuch va potensial energiya haqida ma′lumot bering.