Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

 
Tajriba maqsadi: Torning tebranish chastorasining tor uzunligiga va tarangligiga 
bogʻliqligini aniqlash 
Qisqacha nazariya: Tor tarang tortilganda tor uzunligi L u tarqatadigan mexanik 
toʻlqinning uzunligining yarmiga teng boʻladi: 𝐿 = 𝜆 /2. Shuning uchun torning 
asosiy toni chastotasi quyidagicha aniqlanadi
𝑓 = 𝑐/(2𝐿) (1.47) 
bu erda c tor boʻylab tarqaladigan toʻlqin fazasi tezligi. Faza tezligi taranglik kuchi 
F, tor koʻndalang kesimi yuzasi S va tor zichligiga bogʻliq 
𝑐
2
= 𝐹/(𝐴𝜌) (1.48) 
Tajribada tebranish chastotasi f va mos holda tovush balandligi tor uzunligi hamda 
taranglik kuchi funksiyasi sifatida oʻlchanadi. Buning uchun CASSY 2 T tebranish 
davrini oʻlchash uchun katta aniqlikdagi sekundomer sifatida qoʻllaniladi. 
Kerakli asbob va jihozlar: 
1. CASSY Sensori (524 010 yoki 524 013) – 1ta 
2. CASSY Lab 2 (524 220) – 1ta 
3. Taymer adapteri yoki Taymer S (524 034 yoki 524 074) – 1ta 
4. Shoxsimon yorugʻlik toʻsuvchi, infraqizil (337 46) – 1ta 
5. Koʻp oʻzakli kabel, 6-oʻzakli, 1.5 m (501 16) - 1ta 
6. Monoxord (414 01) – 1ta 
7. Yuqori aniqlikli dinamometr, 100 N (314 201) – 1ta 
8. V-shaklli stend asosi, 20 cm (300 02) - 1ta 
9. Stend yoʻlkasi, 10 cm (300 40) – 1ta 
10.Stend yoʻlkasi, 25 cm (300 41) – 1ta 
11.Leybold multiqisqichi (301 01) – 1ta 
12.Windows XP/Vista/7/8 operatsion tizimi oʻrnatilagan PC


57 
Tajriba qurilmasi (19-rasmga qarang) 
T tebranish davri monoxordning yogʻoch rezonans qutisi va tor orasiga oʻrnatilgan 
shoxsimon yorugʻlik toʻsgich bilan oʻlchanadi. Yorugʻlik toʻsgich CASSY-Sensor 
kirishi A ga taymer orqali koʻp ozakli kabel bilan ulangan.
19-rasm. Tajriba qurilmasi 
Tajribani oʻtkazish uchun eslatma: 
T- tebranish davrini aniqroq oʻlchash uchun shoxsimon yoʻrugʻlik toʻsgichni 
doimo torning tebranuvchi qismi oʻrtasiga joylashtirish lozim. T tebranish davri tor 
nurni tebranish davri mobaynida ikki marta kesib oʻtsagina aniqlanadi. Buning 
uchun shoxsimon yorugʻlik toʻsuvchi ichida joylashgan qizil yorugʻlik diod nurini 
tor muvozanatda boʻlgan holatida yopib turishi lozim. Bundan tashqari Tebranish 
qiymatini qayd qilish mobaynida tilga olingan qizil yorugʻlik diodi eng chekka 
ogʻishlar orasida boʻlishiga e′tibor qiling. Shoxsimon yorugʻlik toʻsuvchida 
infraqizil nur uchun ikkita kichik appertura (tirqish) mavjud. Tor kichik tirqish 
ustiga oʻrnatilgandagina yaxshi natijaga erishilishi mumkin (kerak boʻlganda 
toʻsgichni ozroq buring). Tebranish davomida tor monoxord usti sirtiga nisbatan 
parallel harakat qilishi lozim.
Torning taranglik kuchi F darajalangan dinamometr bilan oʻlchanib, rostlanishi 
mumkin. Buning uchun dinamometr bilan birga buraladigan ilgak ham qoʻyilgan. 
Tordagi taranglik kuchi buraladigan ilgak bilan oʻzgartirilishi mumkin. Tajribani 
oʻtkazish davomida dastlab taranglik kuchi 100 N qilib oʻrnatilsa va keyin 
kamaytirib borilsa yaxshi natijaga erishiladi.


58 
Oʻlchashlar davomida torning tebranuvchi qismi uzunligi L siljiydigan taglik bilan 
oʻzgartirilishi mimkin. Tor tebrantirilganda torning tebranishda ishtirok 
etmaydigan qismiga qoʻl bilan teginmang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling