Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
6 Oʻlchash xatoligi va aniqlik klassalari Ma’lumki, barcha laboratoriya ishlarida oʻlchov asboblaridan foydalaniladi. Ular oʻlchash jarayonida ayrim sabablarga koʻra oʻlchanayotgan kattalillar haqiyqiy qiymatidan farq qiladi, yani oʻlchash xatoligiga yoʻl qoʻyadi. Oʻlchov asboblarining oʻlchash xatoligi deb ularning koʻrsatishi boʻyicha aniqlangan qiymat 𝑋 𝑘oʻ𝑟 bilan haqiyqiy qiymat 𝑋 ℎ𝑎𝑞 orasidagi farq ∆𝑋 ga aytiladi. Bu asosiy xatolik quydagi uch xil koʻrinishda boʻladi: a) Absolyut xatolik ∆𝑋 = 𝑋 𝑘oʻ𝑟 − 𝑋 ℎ𝑎𝑞 bu yerda: 𝑋 𝑘oʻ𝑟 – oʻlchov asbobining koʻrsatgan qiymati; 𝑋 ℎ𝑎𝑞 – oʻlchov asbobining koʻrsatishi kerak boʻlgan haqiyqiy qiymati. Absolyut xatolik oʻlchash texnikasida aniqlik oʻlchovi boʻla olmaydi, chunki agar shkalada absolyut xatolik ∆𝑋 = 0,5 mm boʻlsa, bu miqdor shkala kengligi boʻyicha 100 mm oraliqqa nisbatan kichik, 10 mm oraliqqa nisbatan juda katta son boʻladi. Shu tufayli oʻlchov texnikasida nisbiy xatolik tushunchasidan foydalaniladi. b) Nisbiy xatolik (foiz hisobida) 𝛾 𝑛 = ∆𝑋 𝑋 ℎ𝑎𝑞 100% Nisbiy xatolik ham oʻlchash texnikasida uncha koʻp qoʻllanilmaydi, chunki agar oʻlchanadigan miqdor oʻzgaruvchan boʻlsa, nisbiy xatolik ham oʻzgaradi. Bundan xulosa shukin, absolyut va nisbiy xatoliklarni kamaytirish uchun oʻlchov asbobi shkalasining yuqori qismida ishlash zarur boʻladi. c) Keltirilgan nisbiy xatolik (foiz hisobida) 𝛾 𝑘 = ∆𝑋 𝑋 𝑘 100% bu yerda ∆𝑋 absolyut xatolik; 𝑋 𝑘 oʻlchov asbobining shkalasidagi eng katta qiymat. Masalan, voltmetr shkalasi 0…150 V boʻlsa, 𝑋 𝑘 = 𝑋 𝑚𝑎𝑥 = 150 𝑉 boʻladi. 7 Agar oʻlchov asbobining xarakteristikalari boʻyicha topilgan eng katta absolyut xatolik ∆𝑋 = 2 𝑉 boʻlsa, keltirilgan xatolik 𝛾 𝑘 = ∆𝑋 𝑋 𝑡𝑎ℎ 100% = 2 150 ∗ 100% = 1.33% boʻladi. Bu miqdor oʻlchov asbobini xarakterlovchi oʻzgarmas son boʻlib qoladi. Oʻlchov asboblarining xatoligi odatda shkalaning ish qismiga muvofiq normalanadi. Bir tekis shkalaga ega boʻlgan oʻlchov asboblari uchun butun shkala ish qismi hisoblanadi. Shkalasi tekis boʻlmagan oʻlchov asboblari shkalasining ish qismi oʻlchashning boshlangʻich qismida 25% oʻtgandan keyin boshlanadi. Oʻlchov asboblarining ishlash sharoitlariga qarab asosiy hamda qoʻshimcha xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Asosiy xatolik oʻlchov asboblari normal sharoitda (asboblar toʻgʻri oʻrnatilganda) normal temperatura sharoiti 20 ± 5 ℃ boʻlganda, tashqi magnit maydoni va boshqa tashqi tasirlari boʻlmaganda, mavjud boʻladi. Qoʻshimcha xatoliklar normal sharoit buzulganda vujudga keladi. Bunday hollarda GOST qoʻshimcha xatoliklar uchun ham tegishli qoʻyim (dopusk) miqdorining boʻlishini koʻzda tutadi. Asosiy xatoliklar oʻlchov asboblarining barqarorlashgan statik rejimlarga tegishlidir. Bundan tashqari, dinamik rejim xatoliklari, oʻlchov asboblarining titrashi, turtkilar kabi tashqi sharoit tasirlari va oʻlchanadigan miqdor oʻzgarib turishi natijasida paydo boʻladigan xatoliklar qoʻshimcha xatolikka tegishli boladi. Oʻlchash aniqligiga yuqorida aytib oʻtilgan xatoliklardan tashqari tasodifiy xatoliklar ham katta tasir koʻrsatadi. Oʻlchash jarayoni qanchalik ehtiyotkorlik va sezgirlik bilan oʻtkazilganiga qaramay, bir miqdorni bir necha marta oʻlchaganda turli natijalar olinishi tasodifiy xatolik borligini koʻrsatadi. Bu xatoliklar oʻlchov asbobining koʻrsatishidagi son qiymatini olishda odam tamonidan qoʻyilgan xatolikni, mexanizmdagi ishqalanish kuchining, tashqi tasirlarining oʻzgarib turishi natijasida vujudga kelishi mumkin. 8 Oʻlchov asboblarining koʻrsatishi oʻlchanadigan miqdorning haqiyqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini xarakterlovchi sifat belgisi oʻlchash aniqligi deyiladi. Aniqlik klasslari esa oʻlchov asboblariga qoʻyilishi mumkin boʻlgan, keltirilgan (asosiy) xatolik qiymati bilan belgilanadi. Aniqlik klassi oʻlchov asbobining shkalasida qayd qilingan boʻladi. Oʻlchov asbobi shkalasining hamma ish qismi boʻyicha olingan oʻlchov aniqligi bu shkalada koʻrsatilgan aniqlik klassi qiymatidan oshmasligi kerak. Masalan, oʻlchov asbobi 0,5 aniqlik klassiga tegishli boʻlsa, undagi keltirilgan asosiy xatolik 0,5% ortmasligi kerak. Oʻlchov asboblari hozorgi vaqtda quyidagi aniqlik klassalri bilan chiqariladi: 0,005; 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5; 4,0; 6,0. Aniqlik kassi 0,1 gacha boʻlgan oʻlchov asboblari laboatoriya sharoitlarida va texnik oʻlchov asboblarini tekshirish uchun qoʻllaniladi, aniqlik klassi 0,1…2,5 gacha boʻlgan oʻlchov asboblari sanoatdagi oʻlchash ishlarida, aniqlik klassi 4,0 va 6,0 boʻlgan oʻlchov asboblari esa kontrol va signalizatsiya ishlarida keng qoʻllaniladi. Oʻlchov asboblari quyidagi talablarga javob bera oladigan bolishlari kerak. 1. Oʻlchash aniqligi yuqori darajada boʻlishini taminlash. Bunda oʻlchov asbobining korsatishi oʻlchanayotgan miqdorining haqiqiy qiymatiga yuqori darajada yaqin bolishi talab qilinadi. 2. Yuqori sezgirlik, sezgirlik deb oʻlchov asbobi strelkasining shkala boʻyicha chiziqli yoki burchak siljishi oʻzgarishi ∆𝑌 ning oʻlchanayotgan miqdori qiymati oʻzgarishi ∆𝑋 ga nisbatiga aytiladi: 𝑆 = ∆𝑌 ∆𝑋 Oʻchov asbobining sezgirligi 𝑆 uning shkala boʻlinmasi qiymati 𝐶 ga teskari nisbatda boʻladi; 𝑆 = 1 𝐶 shkala boʻlinmasi qiymati quyidagicha aniqlanadi: 𝐶 = ∆𝑋 ∆𝑌 Shkala boʻlinmasi ∆𝑌 = 30 boʻlgan oʻlchov asbobida oʻlchanadi – miqdor qiymati ∆𝑋 = 3 𝐴 boʻlsa, 𝐶 = 3 30 = 0,1; 𝑆 = 1 0,1 = 10 boʻladi. ∆𝑋 = 15 𝐴 boʻlsa, 9 𝐶 = 15 30 = 0,5; 𝑆 = 1 0,5 = 2 boʻladi. Bundan koʻrinadiki, shkala boʻlinmasi qiymati 𝐶 qancha katta boʻlsa, oʻlchov asbobining sezgirligi shuncha kichik boʻladi. 3. Tashqi sharoit va tashqi ta`sirlari oʻzgarmas boʻlganda oʻlchov asbobining koʻrsatishi ham oʻzgarmas boʻlib qoladi. 4. Oʻlchov asbobi inertsionligining kam boʻlishi tez oʻzgaruvchi miqdorlarini oʻlchash imkonini beradi. 5. Masofadan turib oʻlchash, oʻlchash natijalarini uzoq masofalarga uzatish, oʻlchov informatsion sistemalar kompleksini tuzush va boshqa imkoniyatlarining boʻlishi lozim. 6. Oʻlchov asboblari va bloklaridan avtomatika sistemalariga xizmat qiladigan oʻlchov sistemalarini komplektlash imkonini berishi talab qilinadi[28]. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling