Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
MANSUROV XOTAMJON JO’RAYEVICH
 
 
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM
O’quv qo’llanma 
5110200-Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi yo’nalishi talabalari uchun 
Andijon - 2020 



UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM 
 
MANSUROV XOTAMJON JO’RAYEVICH
 
Mazkur o’quv qo’llanmabarcha oliy ta’lim muassasalarining 5110200-Fizika 
va astronomiya o’qitish metodikasi va barcha tabiiy yo’nalishlar talabalariga va 
professor-o’qituvchilariga mo’ljallangan. O’quv qoʻllanmada umumiy fizika 
kursini mexanika, molekular fizika, elektr va magnetism hamda optika 
boʻlimlaridan jami 46 labaratoriya ishlari tavsiflari jamlangan. 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
Zaynobidinov S. – Andijon davlat universiteti “Fizika” kafedrasi 
professori, akademik, fizika-matematika fanlari doktori; 
Olimov L.O. – Andijon mashinasozlik instituti Materialshunoslik 
va yangi materiallar texnologiyasi kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari 
doktori. 



SOʻZ BOSHI 
Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni 
barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro 
miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor 
berilmoqda. Bu sohada tabiiy va aniq fanlarni xususan fizika ta′limini oʻrni yuqori
darajada ekanligi alohida ta′kidlanadi. Respublikamiz energetika, elektronika, 
tibbiyot, agrar va boshqa yoʻnalishlaridagi inqilobiy oʻzgarishlar islohotlarni 
amalga oshirish uchun koʻplab yuqori saviyadagi zamonaviy bilimlarga ega 
boʻlgan malakali kadrlarni tayorlashni taqozo etmoqda. 
Fizika ta′limi boshqa fanlardan farqli ravishda chuqur nazariy bilimlar 
bilan bir qatorda talabalarni amaliy koʻnikmalari ham yuqori boʻlishini talab qiladi. 
Shu munosabat bilan ularga sifatli labaratoriya mashgʻulotlarini tashkil etish, fizika
ta′limini muhim boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Ohirgi paytlarda fan va texnikada 
boʻlayotgan oʻzgarishlarga mos ravishda fizikaviy tajribalar va namoyish 
texnikalari ham keskin oʻzgarmoqda. Avvalo labaratoriya ishlari mazmuni va 
mohiyati, fizikani asosiy qonuniyatlarini saqlab qolgan holda zamonaviy dolzarb 
yoʻnalishlarni aks ettirishga qaratilmoqda. Labaratoriya ishlarini bajarishda yangi 
elektron qurilmalar, optik va lazerlar texnikasi elementlaridan foydalanilmoqda. 
Tok va kuchlanishni magnit maydoni kuchlanganligi, yorugʻlik kuchi, temperatura, 
uzunlik, qarshilik, takroriylik, sigʻim va ular orasidagi bogʻlanishlarni, oʻzaro 
ta′sirlashuvlarni kuzatish, oʻlchash va aniqlash uchun yangi texnologiyalar elektron 
va lazerlar qurilmalaridan foydalanilmoqda.
Shuning uchun talabalardan nafaqat labaratoriya ishiga qoʻyilgan 
maqsadni amalga oshirish, balki ish uchun ajratilgan murakkab asbob-uskunalarni 
tuzilishi, ishlash tamoyillari hamda ularni funksional imkoniyatlarini ham bilishlari 
talab etilmoqda. Zamonaviy laboratoriya asbob va jixozlar chiroyli dizayn va 
texnika xavfsizligi talablarini bajarish maqsadida ishning barcha elementlari 
chiroyli qutichalarga joylashtirilib, juda qulay xolatga keltirilgan. Shu bilan bir 
vaqtda bajarilayotgan ishni mohiyatini anglab olish uchun zarur boʻlgan jarayon 
ishni elektik yoki optik sxemasini talabani oʻzi yigʻishi, xar bir elementni oʻziga 



xos parametrlarini koʻrib, tajribaga mos keluvchilarini mustaqil ravishda tanlab 
olish kabilardan talaba ozod etilmoqda.
Aslida labaratoriya ishi uchun zarur asbob va jihozlarni talabani oʻzi 
yigʻib, jarayonni yutuq va kamchiliklarini his qila olishi kuzatiladigan hodisa yoki 
oʻrganilayotgan qurilmani chuqur oʻzlashtirilishiga olib kelgan boʻlar edi. Lekin 
hozirgi davrda umumiy fizika fanidan labaratoriya ishlari majmuasi barcha oily 
oʻquv yurtlari uchun bir xil andozada jamlanib yuborilayotganini e′tiborga olgan 
xolda ushbu darslikda har bir labaratoriya ishini boshlanishida ishga ta′luqli qisqa 
nazariy ma′lumotlar kerakli asbob va jihozlar roʻyhati, ishni bajarish tartibi hamda 
talaba uchun sinash savollari keltirilgan. Oʻquv adabiyotini yaratishda undan avval 
chet ellar va mamlakatimizda chop ettirilgan koʻplab nazariy va labaratoriya 
ishlariga bagʻishlangan adabiyotlarni taxlil qilib, ularni ijobiy fikrlari va 
kamchiliklari xisobga olgan. Qoʻllanmada umumiy fizikani mexanika, molekular 
fizika, elektr va magnetism hamda optika boʻlimlari uchun moʻljallangan. Jami 46 
labaratoriya ishlari tavsiflari jamlangan boʻlib, unda zamonaviy lazer qurilmasidan 
kam foydalanganligi Voltengofen mayatnigi. Mayklson diski, shohsimon yorugʻlik 
oʻlchagich, videocom, chastotani oʻlchovchi katta aniqlikli Maykl interferometri 
kabi yuqori aniqlikdagi asboblar va qurilmalardan foydalanish tartiblari va ularni 
tuzilishlari keltirilganligi e′tiborga loyiq. Qoʻllanma oxirgi yillarda jahonni 
yetakchi oliy oʻquv yurtlarida fizika ta′limida foydalanilayotgan oʻquv 
labaratoriyalar majmualarini ta′riflari, ular yordamida belgilangan fizik 
kattaliklarni aniqlash yoki ayrim jarayonlarni kuzatish, oʻlchash natijalarini 
hisoblash, unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni xissasini aniqlash kabi masalalarga 
bagʻishlangan. Oʻquv qoʻllanmada labaratoriya ishlari ta′riflarini joylashish tartibi 
ma′ruzalar ketma ketligiga mos kelmasligi mumkin. Shuni e′tiborga olib, ma′ruzasi 
oʻtilmagan ishlarni talabalar mustaqil ravishda oʻzlashtirishlari uchun qoʻllanma 
ohirida mavzuga taaluqli keng miqyosdagi adabiyotlar roʻyhati keltirilgan. Oʻquv 
qoʻllanma fizika fani oʻqitiladigan oily oʻquv yurtlari talabalar, magistrlar va 
oʻqituvchilar uchun moʻljallangan. Ushbu o’quv qoʻllanma fizikadan zamonaviy 



labaratoriya ishlari majmualarini bajarish uchun muhim qoʻllanma boʻladi deb 
aytish mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling