Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


IKKI SHOXSIMON YORUGʻLIK OʻLCHAGICHI BILAN ANIQLASH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

IKKI SHOXSIMON YORUGʻLIK OʻLCHAGICHI BILAN ANIQLASH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 33, 34, 47, 56.) 
Namuna tajribalari va parametrlarni yuklash uchun CASSY Lab 2 help 
ma′lumotnomasidan foydalaning. 
Tajriba maqsadi: Elastik toʻqnashuvda energiya va impulsni ikki shoxsimon 
yorugʻlik oʻlchagichi bilan oʻlchash. Energiya va impulsning toʻqnashuvdan soʻng 
saqlanishini tekshirish. 
Qisqacha nazariya: Jismlar bir-birlariga urilganda deformatsiyalanadi, ularning 
urilish sirtlari bosiladi va deformatsiya tufayli yuzaga kelgan bosim (elastiklik) 
kuchi jismlarning tezliklarini o ′zgartiradi. Bunda jismlarning urilishidan oldingi 
kinetik energiyasi qisman yoki toʻla ravishda elastik deformatsiya potensial 
energiyasi bilan jismlarning ichki energiyasi deb ataladigan nomexanik energiyaga 
aylanadi. 
Jismlar bir-biriga elastik urilishi yoki noelastik urilishi mumkin. Elastik urilish deb 
shunday urilishga aytiladiki, bunda jismlarning mexanik energiyasi ichki 
energiyaga aylanmaydi. Bunday urilish vaqtida kinetik energiya batamom yoki 
qisman elastik deformatsiya potensial energiyasiga aylanadi. Keyin esa jismlar bir-
birini itarib dastlabki shakliga qaytadi. Natijada elastik deformatsiya potensial 
energiyasi qaytib kinetik energiyaga aylanadi va jismlar ma′lum tezliklar bilan 
qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Bu tezliklarning kattaligi bilan yoʻnalishi 
jismlar sistemasining toʻla energiyasining hamda toʻla impulsining saqlanishiga 
bogʻliq boʻladi. 
Ikki aravachaning v tezliklari toʻqnashuvdan oldin va keyin ikki yozugʻlik 
datchiklari orasidan oʻtish vaqtini oʻlchash orqali oʻlchanadi. Shu usulda elastik 
toʻqnashuvda impulsning saqlanishi hamda elastik toʻqnashuvda energiya 
saqlanishi qonunini tekshirib koʻrish mumkin. 
Kerakli asbob va jihozlar: 
1. 
CASSY-sensori (524 010 yoki 524 013) – 1ta 


19 
2. 
CASSY Lab 2 dasturi (524 220) – 1ta 
3. 
Taymerli adapter yoki Taymer S (524 034 yoki 524) – 1ta 
4. 
Trakt (074 337 130) – 1ta 
5. 
Aravacha (337 1100) – 2ta 
6. 
Qoʻshimcha yuklar jufti (337 114) – 1ta 
7. 
Aravacha uchun zarb prujinasi (337 112) – 1ta 
8. 
Universal yorugʻlik oʻlchagichi (337 462) – 2ta 
9. 
Koʻp negizli kabellar, 6-qutbli, 1.5 m (501 16) -2ta 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling