22
kinetik energiyasi qisman yoki toʻla ravishda elastik
deformatsiya potensial
energiyasi bilan jismlarning ichki energiyasi deb ataladigan nomexanik energiyaga
aylanadi.
Jismlar bir-biriga elastik urilishi yoki noelastik urilishi mumkin.
Noelastik
urilishda jismlarning kinetik energiyasi batamom
yoki qisman deformatsiya
potensial energiyasiga va ichki energiyaga aylanadi.
Bunda faqat impulsning
saqlanish
qonunigina bajariladi, mexanik energiyaning
saqlanish qonuni esa
bajarilmaydi, ammo barcha turdagi mexanik
va nomexanik energiyalar
yigʻindisining saqlanish qonuni o ′rinli boʻladi.
Ikki aravachaning v tezliklari toʻqnashuvdan oldin va keyin ikki yorugʻlik
datchiklari orasidan oʻtish vaqtini oʻlchash orqali oʻlchanadi. Shu usulda noelastik
toʻqnashuvda impulsning saqlanishi qonunini tekshirib koʻrish mumkin.
Kerakli asbob va jihozlar:
1.
CASSY-sensori (524 010 yoki 524 013) – 1ta
2.
CASSY Lab 2 dasturi (524 220) – 1ta
3.
Taymerli adapter yoki Taymer S (524 034 yoki 524) – 1ta
4.
Trakt (074 337 130) – 1ta
5.
Aravacha (337 1100) – 2ta
6.
Qoʻshimcha yuklar jufti (337 114) – 1ta
7.
Aravacha uchun zarb prujinasi (337 112) – 1ta
8.
Unversal yorugʻlik oʻlchagichi (337 462) – 2ta
9.
Koʻp negizli kabellar, 6-qutbli, 1.5 m (501 16) -2ta
Do'stlaringiz bilan baham: