Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Sinash uchun savollar: 
1. Urilish va uning turlari haqida ma′lumot bering. 
2. Elastik va noelastik toʻqnashuvda energiya taqsimoti haqida ma′lumot bering. 
3. Impuls va mexanik energiyaning saqlanish qonunlari tushuntirib bering. 
4. Shoxsimon yorugʻlik oʻlchagichlar vazifasi, ishlash prinspi haqida ma′lumot 
bering. 
 
 


24 
3-laboratoriya ishi 
ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI VIDEO COM YORDAMIDA 
ANIQLASH. 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 33, 47, 56, 57.) 
Natijalar VideoCom bilan qayd qilinadi va tahlil qilinadi 
 
Tajriba maqsadi: Erkin tushish trayetoriyasini VideoCom bilan qayd qilish. 
g-erkin tushish tezlanishini aniqlash. 
Qisqacha nazariya: Jismlarning erkin tushishi boshlangʻich tezliksiz toʻgʻri 
chiziqli tekis tezlanuvchan harakatga misol bola oladi. 
Vakuumda jismlarning faqat ogʻirlik kuchi ta′sirida Yerga tushishi erkin tushish 
deyiladi. 
Jismlarning erkin tushishini birinchi boʻlib tajribada italiyalik olim Galileo Galiley 
o ′rgandi va erkin tushish qonunlarini aniqladi. 
Yerning aniq shar shaklida emasligi, ya′ni qutblarda biroz yassilanganligi hamda 
Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi sababli, Yerning turli nuqtalarida erkin tushish 
tezlanishi turli qiymatlarga ega boʻladi. Agar Yer sirtida ekvatordan qutbga tomon 
borilsa, erkin tushish tezlanishining qiymati ortib boradi. U ekvatorda 9,780 
𝑚/𝑠
2

qutbda esa 9,832 
𝑚/𝑠
2
ga teng. g = 9,80665 
𝑚/𝑠
2
boʻlgan erkin tushish 
tezlanishining qiymati normal qiymat deb hisoblanadi. Bu qiymat Yerning 45° 
geografik kengligidagi erkin tushish tezlanishining qiymatiga mos keladi. 
Amalda Yerning barcha nuqtalarida erkin tushish tezlanishini bir xil deb hisoblab, 
uning g = 9,8 
𝑚/𝑠
2
= 980 
𝑠𝑚/𝑠
2
qiymatidan foydalaniladi. 
Agar jism h balandlikdan pastga gravitatsiya maydonida erkin tushsa jismga g 
oʻzgarmas tezlanish ta′sir qiladi va tushish balandligi kichik boʻlganda 
ishqalanishni hisobga olmaslik mumkin. Erkin tushish toʻgʻri chiziqli tezlanuvchan 
harakatga misol boʻla oladi.
Time t = 0 vaqtdagi boshlangʻich tezlik 𝑣
0
= 0 boʻlsa oniy tezlik quyidagicha
𝑣(𝑡) = 𝑔 𝑡 (1.16) 
va t vaqtdan keyin jism bosib oʻtgan yoʻl


25 
𝑠 =
1
2
𝑔 𝑡
2
(1.17) 
Tajribada erkin tushayotgan jism tezkor bir-kadrli VideoCom CCD kamera bilan 
tasvirga olinadi. Kamera LED chiroqlar bilan erkin tushuvchi jismga oʻrnatilgan 
akslantiruvchi folgani yoritadi va qaytgan chaqnash nuri kamera obyektivi orqali 
2048 pikselli CCD liniyasiga tushadi (CCD: charge-coupled device-fotosezgir 
yarim oʻtkazgichli matritsa). Berilgan holatida erkin tushayotgan jismning joriy 
holati tasviri kompyuterga ketma-ket interfeys orqali sekundiga 80 marta uzatiladi. 
Kompyuter dasturi bilan ta′minlangan VideoCom erkin tushayotgan jismning 
barcha harakatlarini yoʻl-vaqt grafigi sifatida koʻrsatadi va oʻlchangan qiymatlarni 
tahlil qiladi. Xususan tezlik 
𝑣(𝑡) =
𝑠(𝑡 + 𝛥𝑡) – 𝑠(𝑡 − 𝛥𝑡)
2 ⋅ 𝛥𝑡
(1.18)
va tezlanish
𝑎(𝑡) =
𝑣(𝑡 + 𝛥𝑡) − 𝑣(𝑡 − 𝛥𝑡)
2 ⋅ 𝛥𝑡
(1.19) 
sichqoncha bilan faollashtirilishi mumkin va biror Δt vaqt intervali tanlanishi 
mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling