Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Sinash uchun savollar: 
1. Burchak tezligi haqida ma′lumot bering. 
2. Elastik va noelastik toʻqnashuv haqida ma′lumot bering. 
3. Aylanma moment haqida ma′lumot bering. 
4. Burchak momentining saqlanishi haqida ma′lumot bering. 


39 
6-laboratoriya ishi 
AYLANAYOTGAN JISMGA TA′SIR QILUVCHI MARKAZDAN 
QOCHMA KUCHNI ANIQLASH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 6, 10, 32, 38, 55.) 
 
Tajriba maqsadi: Markazdan qochma kuchni oʻlchash qurilmasi va CASSY bilan 
oʻlchash. CASSY Lab 2 bilan birga bajariladi Namunalar va ma′lumotlarni yuklash 
uchun CASSY Lab 2 help menyusidan foydalaning. Markazdan qochma kuchni 
aniqlash qurilmasi blok sxemasi 12-rasmda keltirilgan. 
12-rasm. Aylanayotgan jismga ta′sir qiluvchi markazdan qochma kuchni 
kuzatishga yordam beruvchi qurulma. 
Qisqacha nazariya: Jismlarning trayektoriyasi va tezligini oldindan hech qanday 
cheklashlar qoʻyilmagan holida muayyan kuchlar ta′siridagi harakati erkin harakat 
deyiladi. Aksincha, jismning trayektoriyasiga va tezligiga oldindan muayyan 
cheklashlar qoʻyilgan boʻlsa, jismning harakati erksiz harakat boʻladi. Masalan, 
ipga bogʻlangan sharchaning gorizontal tekislikda aylanishi, vagonlarning relslar 
boʻyicha harakati, jismning qiya tekislikda sirpanishi kabi harakatlar erksiz boʻladi. 


40 
Jismning erksiz harakatida unga tashqi (oldindan berilgan) kuchlardan tashqari 
yana bogʻlanishni yuzaga keltiruvchi jism tomonidan ham kuchlar ta′sir qiladi. Bu 
kuchlar bogʻlanish reaksiyalari deb ataladi. Ipga bogʻlangan sharcha aylana 
boʻylab harakatlanganda ipning sharchaga koʻrsatgan ta′sir kuchi 𝐹
𝑚.𝑖.
(bogʻlanish 
reaksiyasi) markazga intilma kuch boʻladi. 
Markazga intilma kuchning kattaligini Nyutonning ikkinchi qonuni 
𝐹 = 𝑚𝑎 (1.29) 
dan foydalanib markazga intilma kuch uchun quyidagi munosabatlarni hosil 
qilamiz: 
𝐹
𝑚.𝑖.
= 𝑚 
𝑣
2
𝑅
(1.30) 
Nyutonning uchinchi qonuniga muvofiq, aylana boʻylab harakatlanayotgan jism 
oʻz navbatida unga bogʻlanish qoʻyayotgan jismga kattaligi markazga intilma 
kuchga teng, lekin qarama-qarshi yoʻnalgan kuch bilan ta′sir qiladi. Masalan, ipga 
bogʻlangan sharchaning aylanma harakatida ip sharchaga qanday kuch bilan ta′sir 
qilsa, sharcha ham ipga shu kuchga teng, lekin qarama-qarshi tomonga yoʻnalgan 
kuch bilan ta′sir qiladi. Bu kuch markazdan qochma kuch deb ataladi. Markazdan 
qochma kuch radius boʻylab aylana markazidan yoʻnalgan boʻladi. 
Markazdan qochma kuch qurilmasi F markazdan qochma kuchning r nuqtada 
joylashgan jism m massaga bogʻliqligini tajribaviy tadqiq qiladi. Aylanish 
markazidan r masofada ω burchak tezlik bilan aylanayotgan jismga ta′sir qiluvchi 
markazdan qochma kuch quyidagicha aniqlanadi: 
𝐹 = 𝑚𝜔
2
𝑟 (1.31) 
Markazdan qochma kuch qurilmasida sterjenga mahkamlangan m massali yukka 
ta′sir qiluchi F-markazdan qochma kuch sterjen orqali va aylanuvchi oʻqqa 
oʻrnatilgan tenzodatchikka beriladi. Tenzodatchikka qoʻyilgan kuch elektrik usulda 
oʻlchanadi. Tajriba uchun moʻljallangan aniqlik darajasida prujina deformatsiyasi 
elastikdir va deformatsiya koeffitsiyenti F kuchga proporsionaldir.
Agar mavjud markazdan qochma kuch qurilmasi (347 21) markazdan qochma 
kuch nuqtasi (524 0681) bilan modernizatsiya qilinsa ham oʻlchashlar va 


41 
natijalarni qayta ishlash usuli oʻzgarmaydi va S-markazdan qochma kuch qurilmasi 
bilan farqi yoʻq. Markazdan qochma kuch qurilmasini (347 21) markazdan 
qochma kuch muftasi (5240681) bilan ishlatishdan oldin nol holati va kuchni 
koʻpaytirish koeffitsiyenti markazdan qochma kuch muftasi yoʻriqnomasiga asosan 
oʻrnatilishi lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling