35
Katta namoyish qurilmasini stolga eksplyatatsiya yoʻriqnomasi va 10-rasm
asosida mustahkam oʻrnating. Oʻrnatilgandan keyin burab qotiriladigan (1) va (2)
qisqichlarni mustahkam qotiring.
10-rasm. Qiyalik boʻylab harakatni oʻrganish qurilmasi va qiyalik burchagini
oʻrnatish.
Tutib turuvchi magnitni quvur oxiriga harakatni toʻxtatish uchun 10-rasmda
koʻrsatilganidek oʻrnating. Proyeksiya nuqtasi va taglik
ustuni orasidagi masofa
taxminan 40 sm boʻlishi lozim. Kerakli elektr ulanishlarni amalga oshiring.
Ta′minlash manbaini ulang va qurilma prujinasini siqing (qisish darajasi -2) va
ikkinchi 30 millimetrli poʻlat sharni ushlab turuvchi magnitga biriktiring.
Tajribani bajarish tartibi:
Proyeksion qurilmaning ishga tushirish uchun qattiq siqilgan prujinasini boʻshatish
mexnizmini bosing va sharlar uchishi trayektoriyasini kuzating. Kerak boʻlsa
proyeksion qurilmani qayta sozlang. Agar sharlar toʻqnashsa
prujinaning siqilish
darajasini oʻzgartiring va tajribani takrorlang.
Sinash uchun savollar:
1. Otilish burchagini uchish uzoqligiga bogʻliqligini tushuntiring.
2. Otilish burchagini koʻtarilish balandligiga bogʻliqligini tushuntiring.
3. Erkin tushayotgan va gorizontga burchak ostida otilgan
jismlar harakatlarini
bogʻliqligini tushuntiring.
4. Burchak ostida otilgan jism tezligining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari
haqida ayting.