Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Gravitatsion torsion balansirni ishga tushirishdagi yigʻish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Gravitatsion torsion balansirni ishga tushirishdagi yigʻish: 
- Tajriba uchun ishchi stolini 2-rasmda koʻrsatilgani kabi yigʻing (332 101 va 322 
11 yoʻriqnomalarni ham qarab chiqing). 
- Gravitatsion torsion balansir mahkamlangan optik relsni oʻrnating. 
- Gravitatsion torsion balansirni shunday holatga keltiringki (katta sharlar 
qoʻyilmagan holatda) katta sharlar oʻqi uchun yetarlicha joy boʻlsin. 
- Torsion mayatnikning tutib turish mexanizmini boʻshating va shunday sozlangki
mayatnik osmalari uchlaridagi ignalari teshik oʻrtasida boʻlib, mayatnik erkin 
aylana olsin.
- Torsion mayatnikning bir yoki bir necha kun osilgan holda turishiga qoʻyib 
bering. Kerak boʻlganda nolini qayta sozlang. 
Gravitatsion torsion balansir va IQ harakat detektori orasidagi masofani dastlabki 
(birinchi marta) tanlash. 
- IQ harakat detektorini optik relsga oʻrnatilgan taglik sterjeniga orqa paneli bilan 
qistiring(mahkamlang). 
- IQ harakat detektorni optik relsga shunday oʻrnatingki, gravitatsion balansir 
oynasi va IQ detektor orasidagi masofa 70 sm boʻlsin. 


14 
- 12 V oʻzgaruvchan tok ta′minlash manbayini IQ harakat detektoriga ulang va IQ 
yorugʻlik diodlarini gravitatsion torsion balansir bilan bir sathga qoʻying.
- Ikkita qizil yorugʻlik diodlari shunday yorqin yonadiki ularning akslangan tasviri 
qurilma tekisligida koʻrinsin yoki uning yoniqa qoʻyilgan oq qogʻozda akslansin. 
• Agar tasvir oynaning chap yoki oʻng tomonida paydo boʻlsa gravitatsion torsion 
mayatnikni tebranishini shunday kamaytiringki, LED diodlar nuri akslanishi old 
panelda koʻrinsin. 
• Agar tasvir oynadan pastda yoki yuqorida boʻlsa IQ detektorni pastga yoki 
yuqoriga harakatlantirib nurni markazga olib keling. 
- Amin boʻlingki, fototranzistorlar qatori oynadan qaytgan nurlar bilan toʻla 
qoplangan boʻlib barcha tranzistorlar oʻlchashda qatnashsin. 
- Balandlik sathini yashil va qizil yorugʻlik diodlari nuri bilan toʻgʻrilab oling. 
Fototranzistorlar yorugʻlik nurlari kuchiga qarab ochiladi yoki yopiladi (kalit 
sifatida ishlaydi). 
• Qizil LED miltillasa yoritilganlik/sozlanganlik yetarlicha
• Yashil LED miltillasa yoritilganlik/sozlanganlik yaxshi 
 
2-rasm. Tajriba qurilmasi: Tebranishni IQ harakat detektori elektron tarzda qayd 
qiluvchi gravitatsion torsion balansir qurilmasining stoldagi yigʻmasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling