Umumiy fomulasi
Download 6.03 Mb.
|
Alkanlar nazariy qism copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzilishi
- Yuqoridagi jadval uchun izoh
- Sikloalkanlar uchun
- !!Eslatma sikloalkanda C-C bog`i qutbsiz va sigma bog` (n); C-H bog`i qutbli va sigma bog`(2n)
- Sistematik(Xalqaro) nomlanish
- Sikloalkanlarning olinishi-1
- Sikloalkanlarning olinishi-2
- +H 2 →CH 3 -CH 2 -CH 3 propan (50-70 o C va Pt katalizator)
- Kimyoviy xossa-3. Degidrogenlash
Ergashev Husniddin Telegram: @ICC_KIMYO Sikloalkanlar – CnH2n umumiy formulaga ega bo`lib, yopiq zanjirli (siklik tuzilishli) va faqat sigma (σ) bog`lardan tashkil topgan to`yingan uglevodorodlarga aytiladi. Umumiy fomulasi – CnH2n Birinchi vakili – siklopropan.
Sikloalkanlar tegishli alkanlardan molekulasi 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Mana shu atomlarning ajralib chiqishi hisobiga uglerod halqasi yopiladi, buni sxematik tarzda quyidagicha ko`rsatish mumkin: H2C – H H – CH2 H2C – CH2 | | → | | H2C CH2 H2C CH2 CH2 CH2 Tuzilishi:Siklopropan Siklobutan Siklopentan Siklogeksan Siklogeptan Siklooktan
Ergashev Husniddin Telegram: @ICC_KIMYO
!!!Jadvalni yod olish ta`qiqlanadi. Uni tushunish kerak. Quyida izohi keltirilgan. Yuqoridagi jadval uchun izoh:Sikloalkanlarning umumiy formulasi – CnH2n !!! Atomlar soni: Uglerod atomlar soni uning indeksiga teng, ya`ni n Vodorod atomlar soni uning indeksiga teng, ya`ni 2n Jami atomlar soni vodorod va uglerod atomlar soniga teng, ya`ni n+2n=3n !!! Nisbiy molekulyar yoki molyar massa: Uglerodning 1 tasini massasi 12, n tasiniki 12n Vodorodning 1 tasini massasi 1, 2n tasiniki 2n Uglerod va vodorodning jamisi Mr ni beradi, ya`ni12n+2n=14n Mr=14n M=14n g/mol !!! Protonlar soni: Uglerodning 1 tasida 6 ta proton bor, n tasida 6n Vodorodning 1 tasida 1 ta proton bor, 2n tasida 2n Jami C va H protonlarini yig`indisi jami protonlar soniga teng: 6n+2n+2=8n !!! Neytronlar soni: Uglerodning 1 tasida 6 ta neytron bor, n tasida 6n Vodorodning 1 tasida 0 ta neytron bor, 2n tasida 0 Jami C va H neytronlarini yig`indisi jami neytronlar soniga teng: 6n+0=6n Neytronlar sonini Mr dan protonlarni ayirib topsak ham bo`ladi: 14n-8n=6n !!! Jami bog`lar sonini topish: Umumiy valentlikni 2 ga bo`lamiz(Barcha sinflar uchun). C ning umumiy valentligini topish uchun uning valentligini indeksiga ko`paytiramiz: 4∙n = 4n H ning umumiy valentligini topish uchun uning valentligini indeksiga ko`paytiramiz: 2n Jami bog`lar soni = 𝑢𝑚𝑢𝑚𝑖𝑦 𝑣𝑎𝑙𝑒𝑛𝑡𝑙𝑖𝑘 2 Sikloalkanlar uchun:Jami bog`lar soni= 4𝑛+𝟐𝒏 = 3n 2 Uglerod – vodorod orasidagi bog`lar sonini topish: Vodorodlar soniga teng. 2n Uglerod-uglerod orasidagi bog`lar soni= Jami bog`lar – vodorod bog`lar soni = 3n-2n= n !!Eslatma sikloalkanda C-C bog`i qutbsiz va sigma bog` (n); C-H bog`i qutbli va sigma bog`(2n)!!! Sigma(σ) bog`lar soni: sikloalkanlarda barcha bog`lar sigma bog` bo`lganligi uchun jami bog`lar soni sigma bog`lar soniga teng bo`ladi. Ya`ni 3n !!! Pi(π) bog`lar soni: Alkanlarda π bog`lar yo`q. Shu uchun π bog`lar soni 0 ga teng. !!! Bog` hosil qilishda ishtirok etgan orbitallar 2 xil s va sp3. sp va sp2 gibridlangan orbitallar mavjud emas. Vodorod atomi barcha organik birikmalarda shu jumladan, alkanlarda ham s orbitallarga ega bo`ladi. Shu uchun s orbitallar soni ham, bog` hosil qilishda ishtirok etgan s orbitallarga ega bo`lgan atomlar soni ham vodorodlar soniga teng bo`ladi. Ya`ni 2n Ergashev Husniddin Telegram: @ICC_KIMYO Uglerod atomi IV valentlik, faqatgina barcha valentliklari sigma bog` bilan bog`langanda uning bog` hosil qilishda ishtirok etgan orbitallari sp3 gibridlanishni hosil qiladi. Sikloalkanlarda barcha valenliklari sigma bog` shu uchun uglerodning 4 valentlikni hosil qilishda ishtirok etgan orbitallari ham sp3 bo`ladi. n ta uglerodda 4n ta orbital bo`ladi. Sistematik(Xalqaro) nomlanish!!!Buni videodarslar orqali o`rganing va konspekt qiling. QoidalariZanjir tanlash qoidalari: Yopiq halqa tanlanadi Raqamlash qoidalari: kichik radikallar tomondan katta radikallar tomon raqamlanadi Nomlash qoidalari: Radikallar alifbo tartibida asosiy zanjirdagi o`rni ko`rsatilgan holatda nomlari aytiladi. Radikallardan so`ng yopiq zanjirga mos keluvchi sikloalkan nomi aytiladi. Izomeriyasi – haqladagi uglerod soni va radikallar joylashgan o`rniga ko`ra hosil bo`ladi. (Batafsil video orqali ko`ring) Sikloalkanlarning olinishi-1G.G.Gustavson sikloalkanni digaloid birikmalarga rux ta`sir ettirib oldi(Vyurs reaksiyasiga o`xshash)(labaratoriyada olish): CH2 – Br CH2 CH2 + Zn → CH2 + ZnBr2 CH2 – Br CH2 CH2 – Br CH2 CH2 + Zn → CH2 + ZnBr2 CH2 – Br CH2 Sikloalkanlarning olinishi-2Benzol va uning gomologlarini gidrogenlab siklogeksan va uning gomologlari olinadi. 𝑃𝑡 300℃ +3𝐻2 →−−−−→ Ergashev Husniddin Telegram: @ICC_KIMYO Sikloalkanlarda ham xuddi alkanlarga o`xshab, hamma bog`lari to`yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan alkanlardan farq qiladi. Bu halqadagi uglerod atomlari o`rtasidagi bog`ning uzilishi bilan tushuntiriladi. Bog`ning uzilishi natijasida uglerod atomlarida bo`sh valentliklar paydo bo`ladi va vodorodni va galogenlarni biriktirib olib birikish reaksiyalariga kirishadi. Kichik halqali (siklopropan va siklobutan) birikmalar, ularning katta halqali gomologlariga(siklopentan va siklogeksan) nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Sababi kichik xalqalarni katta xalqalarga nisbatan beqarorligidir. (Kimyoviy xossa-1. Gidrogenlash) Masalan, gidrogenlash(vodorod birikish) reaksiyasi har xil sikloalkanlarda turlicha temperaturada boradi: +H2→CH3-CH2-CH3 propan (50-70oC va Pt katalizator)+H2→CH3-CH2-CH2-CH2-CH3 pentan (300oC va Pt katalizator) Kimyoviy xossa-2. Galogenlar ta`siriSikloalkanlardan faqat siklopropan va siklobutan halqaning uzilishi(alkenlarga o`xshab birikish xos) hisobiga reaksiyasiga kirishadi, qolganlarining xususiyatlari alkanlarnikiga o`xshash o`rin olish reaksiyasiga ega. +Br2→Br-CH2-CH2-CH2-Br +Br2→Br-CH2-CH2-CH2-CH2-Br +Br2→ Br +HBr C5H10 +Br2→C5H9Br + HBr C6H12+Br2→C6H11Br+HBr Kimyoviy xossa-3. DegidrogenlashN.D.Zelenskiy siklogeksanni degidrogenlab benzol olgan. 𝑃𝑡 300℃ →−−−−→ +3H2 𝑷𝒕 𝟑𝟎𝟎℃
Kimyoviy xossa-4. Yonish reaksiyasi CnH2n+(1,5n)O2→nCO2+nH2O C3H6 + 4.5O2→3CO2 + 3H2O Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling