Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar
Download 145.95 Kb.
|
GIDROLOGIYA XOSILBEK
Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar (muhandislik gidrologiyasi)-suv ob’ektlarining turli gidrologik ko’rsatkichlarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bu usullar suv havzalari tabiiy holatini o’zgartirish yoki aniqrog’i, ulardan foydalanish, shuningdek gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishda qo’llaniladi.
Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar (buloqlar, soylar, daryolar, ko’llar, muzliklar, yer osti suvlari) geografik muhitning asosiy komponentlaridan biridir. Ma’lum bir hududda mavjud bo’lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri-suv resurslarini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyoramizning ancha qismida shu resurslardan qishloq xo’jaligi, sanoat, iste’mol uchun olinadigan va suv ob’ektlariga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko’lami shu darajaga yetdiki, ular hajmi va sifati bo’yicha tabiiy holda tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli gidrologiya fani oldida suv resurslari va atrofmuhit muhofazasiga taalluqli quyidagi yangi vazifalar paydo bo’ldi: 1) suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza qilish; 2) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ularning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xo’jaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv resurslarini hududlar bo’yicha qayta taqsimlash va hokazolar)ni iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash. Gidrologiya daryolar va boshqa turdagi suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya (suv kimyosi), gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o’r-ganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o’rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari va usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter texnologiya-sidan keng foydalaniladi. Download 145.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling