Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 145.95 Kb.
|
GIDROLOGIYA XOSILBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspeditsiya
- Тajribalaboratoriya
Тadqiqot usullari
Suv havzalarida kechadigan hodisalar qonuniyatlarini to’la o’rganish, tegishli xulosalar chiqarish va ulardan amalda samarali foydalanish maqsadida gidrologiyada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular ichida eng aso-siylari statsionar, ekspeditsiya va tajribalaboratoriya usullaridir. Statsionar usulda suv ob’ektlari (daryolar, ko’llar, muzliklar)ning gidrologik rejimi elementlari ko’p yillar davomida kunning ma’lum belgilangan soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi. Statsionar usuldagi kuzatish ishlari fan va amaliyot ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar tomonidan maxsus tuzilgan yagona dastur va qo’llanmalarga qat’iy amal qilgan holda bajariladi. Mamlakatimiz daryolari, ko’llari, suv omborlari, va muzliklarida bu ishlar, asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi tizimiga qarashli 180 ga yaqin gidrologik stansiyalar va kuzatish joylari (postlar)da amalga oshiriladi. Ayrim hollarda bu usuldagi tadqiqotlar tegishli muassasalar, masalan, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli kuzatuv joylarida ham o’tkaziladi. Ekspeditsiya usulida ma’lum hududdagi nisbatan kam o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan suv ob’ektlari, to’g’ridanto’g’ri dala sharoitida, umumiy tarzda yoki aniq bir yo’nalishdagi maqsadni ko’zlab tadqiq etiladi. Bu usulda bajarilishi zarur bo’lgan gidrologik o’lchov va kuzatuv ishlari majmui, ekspeditsiya oldiga qo’yiladigan vazifalarga bog’liq holda, oldindan tuzilgan dasturda batafsil ko’rsatilgan bo’ladi. Ekspeditsiya sharoitida, asosan, makonda keng miqyosda o’zgaruvchi, lekin ma’lum vaqt ichida kam o’zgaradigan gidrologik hodisa va jarayonlar tadqiq qilinadi. O’rganilayotgan hudud gidrografik tarmoqlarida nisbatan qisqa muddatda (bir necha oylardan to birikki va ba’zan undan ham ko’p yillarda) o’lchov va kuzatuv ishlari bajarilib, kerakli ma’lumotlar to’planadi. Тajribalaboratoriya usuli suvning tabiiy va ximiyaviy xossalarini aniqlash, gidrodinamik hodisalarni va boshqa jarayonlarni modellash sharoitida o’rganish imkonini beradi. Тajribalar loyihailmiy tadqiqot institutlarida, maxsus uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Bu usul ayniqsa gidrotexnik inshootlar (GES, suv omborlari, kanallar)ni loyihalash vaqtida kerak bo’ladigan ko’pgina asosiy ko’rsatkichlarni va kechishi mumkin bo’ladigan hodisalarni modellash orqali aniqlashda juda qo’l keladi. Yuqoridagilardan tashqari nazariy tahlil usuli ham mavjud bo’lib, bu usul kuzatish ma’lumotlaridan va boshqa turdagi axborotlardan ilmiy xulosalar chiqarishga asoslangandir. Download 145.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling