Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 145.95 Kb.
|
GIDROLOGIYA XOSILBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi.
- V. Foydalanilgan adabiyotlar.
Ahmad alFarg’oniy (797861 yillar) boshqa fanlar bilan bir qatorda suv ilmining ham katta bilimdoni bo’lgan. Bu haqda H.H.Hasanov shunday yozadi: "...Farg’oniy Bog’dod xalifasi alMutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan asbobni tuzatish va o’rnatish uchun 861 yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Shu davrgacha u Nil daryosining gidrologik rejimi va umuman suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Aks holda oldingilardan tubdan farq qiladigan murakkab va shu bilan birga o’ta mukammal suv o’lchash inshooti"Nilometr" ni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo’lur edi. Sharq manbalarida u “Miqyos anNil” deb tilga olinadi.
Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi. XXI asrlarda yashagan olimlar suv ilmigidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon Beruniy (9731048 yillar)ning ushbu fanning shakllanish va rivojlanish jarayoniga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O’tgan avlodlar yodgorligi", "Hindiston", "Attafqim", "Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", "Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, buloqlar haqida gidrologiya fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan. Ma’lumki, gidrologiya o’rganiladigan suv ob’ektlarining turi va o’rniga ko’ra ikki qismgaokeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo’linadi. Beruniy asarlaridagi gidrologik ma’lumotlarni ham shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh ma’lumotlarda okeanlar, dengizlar, ko’rfazlar haqidagi fikrlar bayon qilinsa, ikkinchi guruhda esa allomaning quruqlik suvlari daryolar, soylar, buloqlar, ko’llar, qorliklar, muzliklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi ilmiy qarashlari yoritilgan. IV. Xulosa Gidrologiya fani yer to’g’risidagi fanlar sirasiga kiradi va bu fanlar orasida muhim ro’l eganlaydi, gidrologiya fani butun yer yuzidagi suvlar harakati, muzliklar, yer usti va yer osti suvlarini o’rganar ekan, Gidrosfera tarkibiga kiruvchi okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar va muzliklar hullas yer yuzida borki suvlarni o’rganadi. Hayotimizda muhim o’ringa ega bo’lgan suvni tejash, sifatini yaxshilash, saqlash va suvdan qandey foydalanish, qandey kerakli homashyolar olishimizni o’rgatib boradigan fandur. V. Foydalanilgan adabiyotlar. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil “Гидрологияга кириш” фани бўйича тайёрланган ўқувуслубий мажмуа. - Тошкент: Университет, 2011. Очерки развития Гидрометеорологии в Республике Узбекистан. – Ташкент: НИГМИ, 2011. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ. Умумий гидрология. Т.: Университет, 1995 Download 145.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling