Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi
Download 144.43 Kb.
|
13 «Касса ва касса муомилалари исоби
DQD.B.+ ST = DQD.O. + PKBu yerda: DQD.B. __ Tovar va xizmatlar boʻyicha debitorlik qarzlarning davr boshidagi holati; ST __ Davr oraligʻidagi sotishdan tushgan tushum; DQD.O. __ Tovar va xizmatlar boʻyicha debitorlik qarzlarning davr oxiridagi holati; PK __ Davr oraligʻidagi pul mablagʻlari kirimi. Debitorlik qarzlarini toʻlov (qoplash) muddatlari boʻyicha tasniflash birmuncha aniq hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Bunday tasniflash orqali, statistika va tahlilni oʻtgan davrda debitorlik qarzlarini qoplash haqidagi haqiqiy manbalar bilan taʼminlash mumkin boʻladi. Debitorlik qarzlarini toʻlov muddatlari boʻyicha tahlil etishni oylar boʻyicha oʻtkazish tavsiya etiladi. Chunki bunday holatda debitorlik qarzlarini qoplash muddatlariga qarab oʻrtacha miqdorini 30 kungacha, 60 kungacha, 90 kungacha va hakozo kunlarga moslashtirib oʻrnatish lozim. Pul mablagʻlari kirimiga oid boshqa manbalar (boshqa sotishlar, sotish bilan bogʻliq boʻlmagan muomalalar) ni bashoratlash toʻgʻri hisoblash usuli orqali bajariladi, yaʼni kirim qilingan summaga joriy davrdagi sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari summasi qoʻshiladi. Pul oqimini bashoratlashning ikkinchi bosqichida esa pul mablagʻlarining chiqimi oʻrganiladi. Uning asosiy tarkibiy elementi kreditorlik qarzlarini qoplash boʻlib hisoblanadi. Bizga maʼlumki odatda korxona oʻzining schyotini oʻz vaqtida toʻlasada, lekin baʼzi bir holatlarda korxona toʻlov muddatini oʻtkazib yuborishi mumkin. Toʻlovni kechikish protsessi kreditorlik qarzlarini choʻzish (muddati oʻtgan) deb nomlanadi. Muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari ushbu holatda qisqa muddatli moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari sifatida ishtirok etadi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida tovarlar (ish, xizmatlar) toʻlovining turli xil tizimlariga amal qilinadi. Jumladan, toʻlovni amalga oshirish vaqtida davrni hisobga olgan holda, toʻlov hajmi differensiallashtiriladi. Bunday tizimdan foydalanishda korxona uchun muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari moliyalashtirishning muhim manbasi boʻlib xizmat qiladi. Pul mablagʻlari ishlatilishining boshqa xil yoʻnalishlari tarkibiga mehnat haqi toʻlovlari, kapital qoʻyilmalar, soliqlarni toʻlanishi, foizlar va dividendlarni t¤lash kabilar kiradi. Pul oqimini bashoratlashning uchinchi bosqichi mantiqan oldingi ikkita bosqichning davomi boʻlib hisoblanadi. Yaʼni sof pul oqimini bashoratlashni hisoblashda pul mablagʻlari kirimi va chiqimining bashoratlarini solishtirish yoʻli orqali oʻrganiladi. Pul oqimini bashoratlashning toʻrtinchi bosqichida esa qisqa muddatli moliyalashtirishda mutloq talabni hisoblash hamda pul oqimini bashoratlashda har bir davr boshi uchun bankning qisqa muddatli ssudalari hajmini aniqlash oʻrganiladi. Hisob kitoblarda korxonaning sugʻurta zahirasini tashkil etish, rejalashtirilmagan, ammo korxona uchun maqbul boʻlgan investitsiyaga mablagʻ sarflash uchun ixtiyoriy minimumni hisobkitob schyotida inobatga olish tavsiya etiladi. Pul oqimini bashoratlashda ushbu toʻrtta bosqichni qoʻllash hisobiga korxonaning pulga boʻlgan talabi oʻrganiladi. Bugungi kunda amaliyotda afsuski, koʻpchilik korxonalarning moliyaviy menejerlari (korxona rahbari) korxona pul oqimini oʻrganmasligi va taxlil qilib chiqmasligi natijasida korxonaning pulga boʻlgan talabi toʻgʻrisida hech qanday maʼlumotga ega emaslar. Bunday holatni yaxshilash uchun, yuqoridagi pul oqimlarini bashoratlashning bosqichlaridan foydalanish ijobiy samara beradi deb hisoblaymiz. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonaning pul oqimini bashoratlashning yuqoridagi bosqichlarini amalga oshirish natijasida, korxona moliyaviy menejeri: korxonaning pul oqimlari holati haqidagi toʻliq maʼlumotga; korxonani raqobat bozorida yashab qolishini taʼminlab, bankrotlikka uchramaslik sharoitlarini kafolatlaydigan; bankdan olgan kreditlarini oʻz vaqtida qaytarish uchun amal qilinadigan aniq dasturlarga ega boʻladi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqadigan boʻlsak, korxonalarda pul oqimlarni bashoratlash muhim ahamiyatga ega ekanligiga amin boʻlamiz. Erkin iqtisodiyotga oʻtish sharoitida inflyatsiya surʼatlarini ham hisobga olgan holda pul oqimlarini bashoratlash kerak boʻladi. Korxonaning moliyaviy menejerlari pul mablagʻlarini bashoratlash orqali korxonaning kelgusidagi pul mablagʻlariga boʻlgan taxminiy talabini oldindan bilgan holda strategik rejalar tuzadilar. Korxonaning kelgusidagi pul mablagʻlariga boʻlgan talablarini oldindan bilish hisobiga, korxona iqtisodiyotini toʻgʻri rejalashtirilishiga, korxonaning kelgusidagi toʻlov intizomini yaxshilanishiga olib keladi. Bu esa respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishida ham oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Download 144.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling