Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


-jadval Xoʻjalik subyektlarining pul oqimlariga baho berish uchun oʻrganiladigan koʻrsatkichlar va ularni baholash mezonlari


Download 144.43 Kb.
bet12/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

4-jadval Xoʻjalik subyektlarining pul oqimlariga baho berish uchun oʻrganiladigan koʻrsatkichlar va ularni baholash mezonlari

Koʻrsatkichlar

Pul oqimlariga baho berish uchun oʻrganiladigan koʻrsatkichlar izohi

Salbiy

Qoniqarli

Ijobiy

1

2

3

4

Mahsulot sotishdan tushgan tushumning oʻsishi (sotish hajmi), %

0 dan past

0 dan - 20 gacha

20 dan yuqori

Korxona aktivlarining (mol-mulkining) iqtisodiy rentabelligi, %

10 dan past

10 dan - 15 gacha

15 dan yuqori

Aylanma kapitalga
ehtiyojning oʻsishi, %

25 dan yuqori

10 dan - 25 gacha

10 dan past

Aylanmadan tashqari (uzoq muddatli) aktivlarga
ehtiyojning oʻsishi, %

25 dan yuqori

10 dan - 25 gacha

10 dan past

Kredit foizlarini qoplash, marta

2 dan past

2 dan – 4 gacha

4 dan yuqori

Qarzlarni qaytarish
muddati, oy

10 dan ortiq

3 dan - 10 gacha

3 dan past

Korxona kapitalida qarz mablagʻlarining ulushi, %

50 dan yuqori

40 dan - 50 gacha

40 dan past

Jadval koʻrsatkichlaridan foydalanib pul mablagʻlarining sof kirimi va chiqimiga taʼsir etadigan sabablar (omillar) haqida xulosalar qilishga va ularni keyingi hisobot davriga yaxshilash imkoniyatlariga baho berish mumkin boʻladi. Bundan tashqari ushbu koʻrsatkichlarni oʻrganish orqali korxona oʻziga maʼqul boʻlgan darajaga chiqish uchun pul oqimlarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini izlab topishi mumkin boʻladi.
Oʻylaymizki, qishloq xoʻjaligi korxonalarini pul mablagʻlari oqimini tahlil etishda, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uslublardan kengroq foydalanilganda shirkat rahbari uchun toʻgʻri va optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilishga kerak boʻladigan tahliliy maʼlumotlar olish imkonini beradi. Bu esa bugungi erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonaning raqobatchilari boʻlgan xoʻjalik subyektlarini yengib chiqishga hamda bozorda oʻz mavqeini mustahkamlashga olib keladi. Natijada korxona iqtisodiyoti yanada rivojlanib, respublikamiz iqtisodiy mustaqilligiga oʻz hissasini qoʻshishiga olib keladi.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini toʻgʻri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayondir. Jumladan, korxonaning pul mablagʻlari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini taʼminlaydi. Yaʼni pul mablagʻlari hisobini toʻgʻri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez surʼatlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, moliya bozorining asosiy unsurlaridan biri _ bu pul mablagʻlari boʻlib, uning hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining “hisoblashish” yoki “kassa” usullarining qaysi biri qoʻllanilsa korxona uchun iqtisodiy samarasi yuqori boʻlishligini oʻrganish muhimdir.
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustida tasdiqlangan
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi” Qonuni, 1999-yil 5-fevraldagi “Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizom va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda korxonaning sotish jarayonlaridan koʻrgan moliyaviy natijalarini aniqlashda yuqoridagi usullarni qay biri qoʻllanilishi toʻgʻrisida aniq fikrlar bildirilmagan. Unda bu usullarning qaysi birini qoʻllash korxona hisob siyosatiga bogʻliq ekanligi aytib oʻtilgan, xolos.
Korxonalarda pul mablagʻlari oqimini ratsional boshqarish uchun korxonaning kelgusidagi pul mablagʻlari oqimini bashoratlash muhim hisoblanadi. Bunda korxonaning moliyaviy menejeri tomonidan pul mablagʻlarining kirimi va chiqimiga oid bor boʻlgan manbalari yigʻilishi hamda oʻrganilishi lozim. Odatda koʻpchilik koʻrsatkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab jarayondir. Ayrim hollarda rejalashtirilgan davrdagi pul mablagʻlari byudjetini tashkil topishi, bashorat qilingan pul mablagʻlari oqimiga mos keladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, oʻz faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani toʻgʻri tanlay bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va toʻgʻri yuritishni talab etadi. Bizning nazarimizda korxonaning moliyaviy menejeri korxona pul oqimlarini bashorat qilishda bir qancha bosqichlarni bosib oʻtishi lozim. Bu bosqichlar qoʻyidagilardan iborat boʻlishi kerak.
Birinchidan, pul mablagʻlari kirimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash;
Ikkinchidan, pul mablagʻlari chiqimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash;
Uchinchidan, sof pul oqimini (ortiqcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-kitobini qilish;
Toʻrtinchidan, qisqa muddatli moliyalashtirishda mutloq talabni davr boshlanishidan oldin aniqlash.
Pul oqimini bashoratlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari kirimining hajmini hisoblashni oʻz ichiga oladi. Qoʻyidagi holatda bunday hisob kitoblar maʼlum qiyinchiliklar tuYodirishi mumkin. Yaʼni, agar korxona tushumni aniqlash uslubiyatini tovarlar joʻnatish tartibi boʻyicha oʻzgartirib turadigan boʻlsa, u holda pul mablagʻlari kirimida asosiy manba tovarlar sotish boʻlib hisoblanadi. Tovarlarni sotish ham oʻz navbatida tovarlarni naqd hisobkitobga yoki kredit (joʻnatilgan tovarlar qiymatining maʼlum qismini qarz sifatida berish) hisobiga sotishga boʻlinadi.
Amaliyotda koʻpchilik korxonalar oʻrtacha davr oraliyoida xaridorlardan joʻnatilgan tovarlar qiymatini toʻlashni talab qiladilar. Ushbu holatlardan kelib chiqib sotilgan mahsulotlarning qaysi qismi ushbu davrdagi tushumga, qaysi qismi esa keyingi davrdagi tushumga kiritilishini hisoblash mumkin boʻladi.
Zanjirli bogʻlanishning balansli usulidan foydalanib, pul mablagʻlari kirimi va debitorlik qarzlarning oʻzgarishi hisob-kitob qilinadi. Balansli tenglikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling