Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Auditorlik tekshiruvida pul mablagʻlari harakatiga baho berish va uni takomillashtirish


Download 144.43 Kb.
bet11/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

3.2 Auditorlik tekshiruvida pul mablagʻlari harakatiga baho berish va uni takomillashtirish
Respublikamiz mustaqillikga erishganidan soʻng, respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Bunday sharoitda korxonalar faoliyatini boshqarish tizimini erkinlashtirish muhim omillardandir. Korxonalar faoliyatini boshqarishda tahliliy maʼlumotlar muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy jarayonlarini boshqarishda korxonani pul oqimlari harakati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar muhim rol oʻynaydi. Shu sababli, korxonaning pul mablahlarini audit qilishni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning joriy t¤lov qobiliyatini nazorat qilishda pul mablagʻlari auditining asosiy maqsadi pul mablagʻlarining taqchillik sabablarini aniqlash hamda pul mablagʻlarini kirimi va chiqimining asosiy manbalarini aniqlashdan iborat boʻlishi lozim.
Pul mablagʻlari auditi uchun asosiy maʼlumotlar manbasi albatta, Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot (4-shakl) maʼlumotlari boʻlib hisoblanadi. Ushbu hisobot maʼlumotlari yordamida quyidagilarni oʻrganish mumkin boʻladi:

  • Oʻz mablagʻlari manbasi hisobiga joriy va investitsion faoliyatini moliyalashtirish darajasini;

  • joriy davrdagi dividend siyosatini va kelgusi davrning bashoratini;

  • korxonaga kirib kelayotgan mablagʻlarni tashqi manbalarga qaramliligini;

  • qisqa davrdagi real toʻlovga qobiliyatlilik holatini va kelgusidagi qisqa davrni bashoratlashni;

  • moliyaviy elastiklikni, jumladan, korxona pul mablagʻlari zahirasini tashkil etishga qodirligini (pul mablagʻlarining sof kirimini).

Maxsus koeffitsiyentlarga (likvidlilik, toʻlovga qobiliyatlilik, aktivlar aylanuvchanligi va rentabelligi) asoslangan moliyaviy holatning anʼanaviy tahlili bir qator kamchiliklardan iborat:
A) Amalda tuzilgan buxgalteriya balansi bilan korxonaning oxirgi hisobot sanasiga boʻlgan aktivlar va passivlari holati oʻrtasida statistik bogʻliqlikni mavjudligi;
B) Barcha aktivlar va passivlarni mumkin boʻlgan miqdoriy oʻzgarishlarini hamda davr davomida uning oʻzgarish sabablarini tushuntirishni amalga oshiradi, ammo kelgusi davrni ishonchli bashorat qila olishga imkoniyat bermaydi.
Koeffitsiyentlar tahlili toʻlovga layoqatli korxonaning moliyaviy holatini baholash uchun birmuncha muhim boʻlib, bunda, layoqatlilik jarayonida koʻproq eʼtibor korxonaning kreditorlar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarini, hattoki, aktivlarni sotish yoʻli orqali boʻlsada, belgilangan muddatda qoplashga qodirligi oʻrganiladi.
Amaldagi korxona uchun pul mablagʻlari oqimi harakatining tahlilini moliyaviy koeffitsiyentlarni qoʻllash bilan amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaldagi uslubiy yoʻnalishlar moliyaviy koeffitsiyentlarni pul oqimlari orqali (bogʻliq ravishda) topish yoki aksincha, pul oqimlarini koeffitsiyentlar dinamikasi orqali topish imkoniyatini beradi.
Krizis yoki toʻlovga layoqatsiz sharoitda har qanday korxona uchun quyidagi likvidlik koeffitsiyentlarni oʻrganish birmuncha muhim hisoblanadi:
PM+KMMK
KML =
KMP
PM +KMMK + DK
KTL =
KMP

PM +KMMK+ DK +ZXTI /Ch
KUM =
KMP
Bu yerda:
KML – Mutloq likvidlik koeffitsiyenti PM – Pul mablagʻlari
KMMK - ¡isqa muddatli moliyaviy q¤yilmalar
KTL – Tez likvidlilik koeffitsiyenti
DK – Debitorlik qarzlari
KUM – Umumiy likvidlilik koeffitsiyenti
ZXT I/Ch - Tugallanmagan ishlab chiqarishdagi zahira va xarajatlar
Bunday sharoitda pul oqimlari holatiga korxona balansi maʼlumotlari asosida qator davrlar boʻyicha solishtirib tahlil qilish yoʻli orqali baho berish mumkin boʻladi. Yaʼni, masalan, uzoq muddatli kredit va qarzlarning oshishi (koʻpayishi) pul mablagʻlari chiqimi haqida guvohlik beradi, ammo, ularning ishlatilish yoʻnalishiga eʼtiborni qaratish maqsadga muvofiq. Agar uzoq muddatli aktivlarni koʻpayishi sodir boʻlsa, u holda bunday jarayon korxona uchun pul mablagʻlarini pozitiv ekanligini, yaʼni, korxonaning kelajakdagi ishlab chiqarish faoliyatini kengayishining realligi haqida guvohlik beradi. Buning natijasida esa yirik pul oqimi sodir boʻlishi mumkin.
Pul oqimlari harakati bilan quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar muhim aloqadorligi mavjud:
Yalpi foyda + Kredit uchun toʻlangan foizlar
IRA= -------------------------------------------------------------- x 100;
Aktivlarning oʻrtacha yillik qiymati
Qarz mablagʻlari
Qaramlilik koeffitsiyenti = ------------------------------------;
Oʻz (xususiy) mablagʻlari
Aylanma aktivlarga Aylanma aktivlar
Talab = ------------------------------------------------ x 100 ; Mahsulot sotishdan tushgan tushum Qarzlarni oʻrtacha Qarz mablagʻlari
qaytish muddati (yil) = --------------------------------------; Taqsimlanmagan foyda
Uzoq muddatli Uzoq muddatli aktivlar aktivlarga talab = -------------------------------------------x 100 ; Mahsulot sotishdan tushgan
tushumni yillik oʻsishi
Korxonani umumiy pul oqimlariga asosan mahsulot sotishdan tushgan tushum dinamikasi, aktivlarning iqtisodiy rentabelligi va qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlangan foizlar summasi taʼsir etadi. Sof aylanma kapitalni oʻzgarishi asosan aylanma aktivlarga boʻlgan talab va mahsulot sotishdan tushgan tushum hajmiga bogʻliq boʻladi.
Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari asosiy kapitalga boʻlgan talab va uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalarga koʻproq bogʻliq boʻladi.
Moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlari passivlardagi qarz mablagʻlarining ulushiga, qarzlar boʻyicha qoplash foizi va kreditlarning oʻrtacha qaytarish muddatiga bogʻliqdir.
Pul oqimlarini oʻrganish jarayonida quyidagilarga eʼtiborni qaratish maqsadga muvofiq:

  1. Yil davomida hisoblangan amortizatsiya miqdori bilan kapital qoʻyilmalar hajmi qanday miqdorga farq qilishiga eʼtiborni qaratish. Agar real investitsiyalar hajmi hisoblangan amortizatsiya hajmidan kam boʻlsa, bu tejamkorlikni va boʻsh pul mablagʻlari hosil boʻlganligini anglatadi, lekin bu mablagʻlar faqat qisqa muddat davomida boʻsh boʻladi. Investitsiyalar summasi hisoblangan amortizatsiyaga nisbatan 5-10 % ga koʻp boʻlishi korxona oʻz asosiy fondlarini ishga yaroqli holatda tutib turganligini anglatadi.

  2. Korxona yalpi daromadi tarkibida, uni rivojlantirishning manbasi sifatida, korxona ixtiyorida qoluvchi sof foyda ulushi qanday miqdorda boʻlishi oʻrganiladi.

  3. Debitorlik qarzlarning oʻsishi yangi aksionerlik kapitali hamda qoʻshimcha ravishda taqsimlanmagan foyda summasining oʻsishiga olib kelishi lozim.

  4. Korxonaning moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun sof aylanma kapitali hajmi aylanma aktivlarni kamida 30% ga qoplashi, hamda zahira va xarajatlarning kamida 50 % ini tashkil etishi lozim boʻladi.

Yuqorida koʻrsatilganlarni amaliyotda qoʻllash natijasida nafaqat hisobot davrdagi pul oqimlari harakatini toʻgʻri tahlil qilishga, balki kelajakning asoslangan bashoratlarini qilishga imkoniyat beradi. Bu esa korxonalarning moliyaviy rivojlanishiga olib keladi.

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling