Umumiy iqtisodiyot” kafedrasi xolboyev qambarali kassa va kassa muomilalari hisobi


Kassa muomalalari auditini oʻtkazish tartibi


Download 144.43 Kb.
bet7/18
Sana05.05.2023
Hajmi144.43 Kb.
#1429051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
13 «Касса ва касса муомилалари исоби

2.2. Kassa muomalalari auditini oʻtkazish tartibi
Bozor munosabatlarini qaror toptirishda oʻziga xos yoʻlni tanlab olib, jadal surʼatlar bilan dadil odimlar ekan, oʻz-oʻzidan maʼlumki bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik firmalari faoliyatining oʻzimizga xos, milliy standartda ishlab chiqarish zaruriyati tugʻiladi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin ilgarigi iqtisodiy tizim oʻrniga jahon standartlariga mos demokratik huquqiy davlatni barpo etish modeli tanlab olindi. Shuning uchun ham oʻtish davrida huquqiy asoslarni shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, davlat mulkiga asoslangan mulkchilik shaklini isloh qilish hisobiga koʻp ukladli iqtisodiyot negizini yaratish masalasi ustuvor yoʻnalish sifatida qabul qilindi.
Hukumatimizning respublikamizda bozor iqtisodiyotiga oʻtishning asosiy sharoitlari, tegishli qonun va qarorlar asosida koʻp ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishning tashkiliy shartsharoitlarini vujudga keltirish, deb belgilanganligi sababli, bozor infratuzilmasining asoslarini yaratishda aynan qonuniy negizlarga tayanildi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mamlakat iqtisodiyotida yangi muammolar yuzaga keladi. Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga oʻtish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yoʻnalishlarning belgilanishi, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda auditorlik faoliyatiga muhtojlik seziladi.
Maʼlumki, auditorlik faoliyati muayyan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati haqqoniy aks ettirilganligiga guvohlik beradi. Auditorlik tekshiruvi, odatda, korxonaning butun faoliyatinip hamda barcha obyektlarini, shu jumladan, pul mablagʻlari auditini ham qamrab oladi.
- Maʼlumki, korxonaning pul mablagʻlari korxonaning rejalashtirilgan aylanma mablagʻlariga kiradi. Demak, korxonaning rejalashtirilgan aylanma mablagʻlardan notoʻgʻri foydalanishi korxonaning toʻlov qobiliyati muvozanatini yoʻqotadi. Pul mablagʻlarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilish bu borada muhim rol oʻynaydi. Chunki pul mablagʻlarining barqarorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik ishdir. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida nazoratning yangi zamonaviy shakllari tashkil qilinishi zarur. Shunday nazoratning zamonaviy shakllaridan biri auditorlik nazoratidir. Auditorlik tekshiruvi va nazorati aynan xalqaro andozalarga javob beradi. Ushbu masalaning yana bir muhim jihati shundaki hech qanday chet ellik investor auditorlik tekshiruvidan oʻtmagan va auditorlik hisoboti bilan tasdiqlanmagan moliyaviy hisobotni oʻqimaydi yoki unga ishonchsizlik bilan qaraydi. Shunday ekan pul mablagʻlarini auditi iqtisodiy jihatdan ham muhimdir.
Pul mablagʻlarini tekshirishda auditor asosiy eʼtiborni kassa muomalalarining auditiga qaratishi lozim. Kassa muomalalarini tekshirishning asosiy vazifasi pul mablagʻlari va qimmatbaho qogʻozlarning, qatiy hisobdagi blankalarning saqlanishini taminlash darajasini, kassa muomalalarini tartibiga rioya qilinishini, kassa muomalalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda bu muomalalarning buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks ettirilishi, kassa intizomiga rioya qilinishi va kassa joriy nazorati ahvolini aniqlashdir.
Kassa muomalalarini audit qilishda kassa kitobi, kassir hisoboti va unga ilova qilingan kassa kirim va chiqim orderlari, kassa kirim va chiqim orderlarini roʻyxatga olish daftari, qabul qilingan va berilgan pullar daftari (KO-5 or.), oylik inventarizatsiya dalolatnomalari, bankdagi schetdan koʻchirmalar, bankka topshirilgan naqd pul kvitansiyalari, buxgalteriya hisobi hujjatlari: Bosh kitob, 1-a qaydnoma, 1-jurnal order, memorial orderlari va toʻlov vedomostlari bir-biriga solishtiriladi va asos (manba) boʻlib xizmat qiladi.
Kassa muomalalarini audit qilishda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qonun va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish koidalari”ga va Moliya Vazirligi yoʻriqnomalari, yukori tashkilotlar buyruk va farmoyishlariga amal qilish lozim.
Kassa muomalalarini audit qilishni kassadagi naqd pul va qatʼiy hisobdagi blankalarni, qimmatbaho qogʻozlarni toʻsatdan inventarizatsiya qilishdan boshlash lozim. Inventarizatsiya korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida oʻtkazilishi kerak. Inventarizatsiya oldidan auditor oʻzi ishtirokida (koʻzi oldida) kassirdan inventarizatsiya (audit) oʻtkazilayotgan sanaga kassa hisobotini tuzishni va kassa kitobidagi pul mablagʻlari qoldigʻini chiqarishni talab etishi hamda kassirdan pul mablagʻlari kirimi va chiqimi boʻyicha hamma hujjatlar kassa hisobotiga qoʻshilganligi toʻgʻrisida tilxat olishi shart.
Shaxslarning tilxatlari hujjat sifatida eʼtiborga olinmaydi va kassir hisobotiga qoʻshilmaydi. Bunday hujjatlarning roʻyxati tuzilib, kimning koʻrsatmasiga binoan kimga, nima uchun, qancha pul, qachon berilgani koʻrsatiladi.
Kassadagi veksellar, aksiyalar, har xil markalar, sanatoriy va dam olish uylarining puli toʻlangan yoʻllanmalari naqd pul sifatida emas, balki pul hujjatlari sifatida hisobga olinadi.
Auditor kassa hisobotining va kassa qoldigʻining toʻgʻriligini tekshirishi shart. Pulning qoldigʻi oyning birinchi sanasidan shu kungacha kirim - chiqim hisoblanib tekshiriladi. Kirim va chiqim orderlarini qayd etish daftari bilan kassa hisobotiga ilova qilingan kassa orderlari solishtiriladi. Agar qandaydir farq chiqsa, albatta sababini aniqlash zarur. Kassa hisobotini tekshirib chiqqandan sung, auditorga hisobot va unga ilova qilingan kassa kirim- chiqim orderlariga kelgusida kassir kassa hisobotida hech kanday tuzatish kiritishga imkon bermaslik uchun qayd belgisi (viza) qoʻyish tavsiya etiladi. Tekshirilgan va qayd belgisi kuyilgan kassa hisoboti 5010-“Kassa” hisobvaragʻida qoldiq chiqarish uchun buxgalteriyaga beriladi. Shundan soʻng pul va boshqa moddiy kiymatliklar inventarizatsiyasi boshlanadi. Agar korxonada bir nechta kassa boʻlsa, ular muxrlanib, bosh kassadan inventarizatsiya boshlanadi. Kassir pullarni auditor ishtirokida sanaydi. Agar pul aytarli darajadan juda koʻp boʻlsa, kupyuralari boʻyicha roʻyxat qilinadi. Roʻyxatda kupyura qiymati, soni va umumiy summa koʻrsatiladi. Kassada yepilmagan kassa hujjatlari (toʻlov qaydnomalari, pochta pul oʻtkazmalari, ota-onalardan bolalari maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgani uchun yigʻimlar qaydnomasi) boʻlsa, kirim qilingan va berilgan pulni sanab chiqarish zarur. Oxirgi qoldiqni aniqlashda kirim summasini qoldiqqa qoʻshib, chiqim summasini ayirib koʻrish kerak. Kassada kirim orderi bilan rasmiylashtirilmagan naqd pul ortiqcha pul sifatida belgilangan tartibda kassaga kirim qilinadi va kirim orderi nusxasi dalolatnomaga ilova qilinadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan hujjatdagi summa kamomad sifatida hisobga olinadi.
Kassadagi naqd pul va boshqa qimmatli qogʻozlarga kassa inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma oxirida kassir undagi pul mablagʻlari summasi, hujjatlar va boshqa kiymatliklar uning javobgarligiga oʻtgani toʻgʻrisida tilxat yozib berishi kerak. Agar inventarizatsiya vaqtida kamomad yoki ortiqcha pul aniqlanganda, kassadan pul olingani haqida vaqtincha tilxatlar chiqqanida auditor kasssirdan tushuntirish xati olishi shart. Kamomad summasi kassir hisobiga yozilib, audit vaqtida undirilishi lozim.
Kassada ortiqcha chiqqan pul shu zahotiyoq kirimga olinishi shart. Kassada ortiqcha chiqqan pul va undirilgan kamomad summasi kirimga olinganda, kassa kirim orderining nusxasi dalolatnomaga ilova qilinadi. Kassa inventarizatsiyasining oraliq dalolatnomasi 3 (uch) nusxada tuzilishi shart. Ulardan biri audit dalolatnomasiga ilova qilinadi, ikkinchisi buxgalteriyaga beriladi, uchinchisi kassirga koldiriladi. Inventarizatsiya dalolatnomasida, albatta, oxirgi kirim va chiqim orderlari nomerlari koʻrsatilishi shart.
Audit vaqtida auditor kassadagi pul va boshqa boyliklarning saqlanishini taʼminlash choralariga, yaʼni kassaning qay darajada mustahkamlanishiga, uning derazalariga metall panjaralar oʻrnatilganligi, kassadan ish haqi berilayotgan vaqtida qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilishi, kassa eshigi ichidan berkitilishi, pul yonmaydigan seyf (shkaf)da saqlanishi, bankka pul topshirishda va bankdan pul keltirilishida ehtiyot choralari koʻrilishiga eʼtibor berilishi kerak. Shuningdek, auditor kassa kalitining boshqa nusxalari qayerda saqlanishiga (ular muxrlangan holda korxona rahbarida saqlanishi kerak), signalizatsiya oʻrnatilganligiga, korxona va kassir oʻrtasida moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kassa hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishiga, siyoh rangda aniq va tuzatishlarsiz yozilganligiga, barcha rekvizitlarning toʻgʻri va toʻliq tuldirilganligiga hamda kirim va chiqim orderlarining “kirim va chiqim orderlarini roʻyxatga olish” daftarida qayd etilganligiga eʼtibor berish kerak.
Bankdan olingan pulning toʻla va oʻz vaqtida kirimga olinganligini bilish uchun yirtib olingan chek varagʻining chek daftarida qolgan qismi (koreshogi), bankdagi schyotdan koʻchirmalar va kirim orderlari oʻzaro solishtiriladi. Agar tekshirilayotgan hujjatlarda shubha tugilsa, bankdagi asl hujjatlar bilan solishtirish mumkin.
Kassa kirim va chiqim orderlarida imzolarning toʻliq mavjudligi, summalarning raqam va soʻzlarda yozilganligi, olingan (berilgan) sanasi, toʻlov vedomostlarida toʻlovga ijozat (ruxsat) berilgani haqida hamda toʻlov muddati koʻrsatilgan yozuv borligini tekshirib, imzolarning haqiqiyligini bilish uchun tanlanma usulda ishga qabul qilish haqidagi arizadagi imzo bilan chiqim hujjatlaridagi imzolar solishtiriladi.
Toʻlov vedomostlari boʻyicha berilgan pul va chiqim orderlari summalari yigʻindisi solishtiriladi. Tekshirishda ushbu korxonada ishlamaydigan, hisobdorlik ishlarini bajarganligi uchun haq oladigan kassa chiqim orderi hujjati bilan pul berilishi kerakligini esda tutish lozim. Unda pul oluvchining shaxsini aniqlovchi hujjat maʼlumotlari keltiriladi.
Auditor hamma kassa kirim-chiqim hujjatlari va kassir hisobotidagi summalarni solishtirgandan soʻng kassirning kirim va chiqimga yozgan summalarini sanab (hisoblab), yigʻindi summani taqqoslaydi va kassadagi naqd pul qoldigʻining toʻgʻri hisoblanganligini aniqlaydi.
Auditor toʻlov vedomostlarida pul toʻlash toʻgʻrisida ruxsat va toʻlov muddati koʻrsatilgan yozuv boʻlgan taqdirda pul tulanadimi yeki yoʻqligini, korxona bugalteriyasi har oyda kassada inventarizatsiya oʻtkazilishioʻtkazmasligini yoqilgi-moylash materiallari va ovqatlanishga beriladigan talonlar hamda qatʼiy hisobdagi blankalar hisobini koʻrib chiqishi kerak.
Kassa muomalalarini yuritish tartibiga rioya qilinishini tekshirishda:

  • kassir vazifasini ish haqi, pul va bank muomalalari hisobini olib boruvchi, kassa hujjatlariga imzo qoʻyish tasdiqlash huquqiga ega boʻlgan buxgalteriya xodimlari qoʻshib olib bormasligiga; kassaga kirim qilingan tushum, bankdan olingan pul boshqa maksadlarga sarflanmayotgani;

  • roʻznoma va jurnallarga obuna xarajatlarining asosliligiga va korxona hisobidan shaxslar obuna xarajatlariga toʻlanmayotganligi masalalariga eʼtibor berish kerak.

Kassa birlamchi hujjatlari va kassir hisobotini tekshirishda kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida toʻgʻri aks ettirilishini koʻrib chiqish zarur.
Kassa birlamchi hujjatlarida va kassir hisobotida 5010–“Kassa” hisobvaragʻi bilan boshqa hisobvaraqlarning korrespondensiyasi koʻrsatilishi shart. Buxgalteriya hisobvaraqlarida kassa muomalalari toʻgʻri aks ettirilganiga ishonch hosil qilganidan keyin auditor qaydnomalar, jurnal—order va Bosh kitob bilan taqqoslaydi.

Download 144.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling