Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Download 0.59 Mb.
bet15/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

XULOSALAR
Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan ilmiy tahlillar va izlanishlar, taqdim etilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Amalga oshirilgan tadqiqotlar umumta’lim maktab o‘quvchilarida fizik tushunchalarni masalalar yechish asosida shakllantirishning mazmuni, shakli, metodlari, vosita va texnologiyalarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi. Yuqoridagi holatlar fizika o‘qitishda fizik tushunchalarni masalalar yechish asosida shakllantirish imkoniyatlari hamda uning komponentlari, o‘quv-metodik ta’minoti, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi.

  2. Masalalar yechishni tabiiy fanlarda hamda fizika o‘qitishda qo‘llashning pedagogik imkoniyatlari takomillashtirildi, o‘quvchilar ongida masalalar yechishning, ahamiyati va o‘rni aniqlandi. Tegishli bo‘limlardagi fizik tushunchalarni masalalar yechish asosida o‘qitishninig didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim mazmunini takomillashtirish tamoyillari (bog‘liqlik va reprezentativlik, to‘liqlik, izchillik) asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar ilmiy jihatdan asoslab berildi.

  3. O‘quvchilarning masalalar yechish haqidagi tushunchalarini shakllantirish uchun ularning yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda turli tipdagi masalalar (matnli, hisoblashga doir, eksperimental, grafik) tanlash va yechishga doir misollar keltirildi.

  4. Fizika o‘qitishda masalalar yechish darslarini fanlararo bog‘lanish asosida fanfa oid komprtensiyalarni shakllantirish, turli predmetlar mazmuni o‘rtasidagi o‘zaro moslik va uzviylik ta’minlanishi natijasida o‘qitish samaradorligi oshishi tasdiqlandi.

  5. Umumta’lim maktablarining fizika darsliklaridagi masalalar yechish asosida o‘rganiladigan mavzular tahlil qilinib, mavjud holat aniqlandi, ularning mazmuniga masalalar yechish g‘oya va tushunchalar singdirilib, o‘rganilish davri mazmun jihatdan moslashtirildi.

  6. Umumta’lim maktabida molekulyar fizika va termodinamikaga oid masalalar yechish asosida o‘qitishni samarali ekanligi ko‘rsatib berildi va ularni amalda qo‘llash metodikasi moduli ishlab chiqildi.

7. Umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda turli tipdagi masalalarni yechish metodi orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni uchun takliflar va milliy dastur va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xizmat qildi.
8. O‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodini takomillashtirish amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘quvchilarda o‘zlashtirish samaradorligi 11,08 % ga ortganligi matematik-statistik tahlil metodi yordamida aniqlandi.


TAVSIYALAR

  1. O‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni tanlash darsning didaktik maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish.

  2. O‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fizik tushuncha va qonuniyatlarni fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

  3. O‘quvchilarning turli tipdagi masalalar yechish va tasavvurlarini kengaytirish uchun ko‘rgazmali dasturiy-pedagogik vositalar va jixozlarni ishlab chiqishda aniqligi hamda texnik sifatiga e’tibor qaratish. O‘quvchilarning kompetentlikka oid kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish uchun dars va darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida ham fanlararo bog‘lanishni inobatga olish.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling