Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Download 0.59 Mb.
bet13/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Masala. Oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil 46 km yoʻlda 5 kg benzin sarfladi. Benzinning solishtirma yonish issiqligi va dvigatelning FIK 24 % boʻlsa, avtomobilning foydali quvvatini aniqlang.



Berilgan:

Topish kerak:


Formula:




Yechish:


Javob:36 kW


Bu masala matnli, hisoblashga doir va eksperimental masalalar turiga kirib, masala yechishda fizik tushunchalar va ularning mahiyatini tushunish fundamental bilimlarini ya’ni, energiyaning bir turdan boshqa turga o‘tishini, mavzularning bir-biriga bog’lanishini va bu bilimlar asosida o‘quvchilarda fanga oid fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyalari shakllanishi lozim bo‘ladi.


Masala. 60 l hajmli metall ballonda qolib ketgan gazning bosimi Unga nasos yordamida gaz damlana boshladi. Agar nasosning ishchi hajmi 0,8 dm3 bo‘lsa, uning nechanchi ish taktidan boshlab ballondagi bosim 2 atm dan katta bo‘ladi? Jarayon izotermik. (Har safar nasos so‘rayotgan metanning bosimi ballondagi metanning joriy bosimiga teng deb hisoblansin.)

2-rasm. Metall ballon.


Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga asosan:

bu ikki tenglamani bo‘lib yuborsak:
bundan
Yuqoridagi masala eksperimental masala turiga mansub bo‘lib bu masalani o‘quvchilar kundalik turmushida xam bajarib ko‘rishlari mumkin. Bu masalani yachimi arifmetik metod orqali umumta’lim maktab o‘quvchilarida tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi fanga oid kompetensiyasi sakllanadi. Kompetentlikka oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishda turli tipdagi masalalar yechish o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari bilan bog‘liq.
Dissertatsiyaning «Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish» nomli uchinchi bobida, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlarining matematik-statistik tahlili o‘rin olgan.
O‘qitishni takomillashtirishda fizikadan masala yechish orqali o‘quvchilarda kompetentlikni shakllantirish muhim afzalliklarga ega bo‘lib, bunda o‘quvchilar tabiat hodisalariga ko‘ra, sinchkovlikka, qiziquvchanlikka, faollikka o‘yg‘otibgina qolmasdan, balki mustaqil fikrlaydigan inson qilib tarbiyalaydi. Ma’lumki, fizikadan masala yechish asosida kompetentlikni shakllantirish o‘quvchilarning qiziqishini orttirish va tabiiy hodisaga befarqlik uyg‘otishga yo‘l qo‘ymaslik va olamning fizik manzarasi haqidagi tasavvurlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Fizikadan masala yechish orqali kompetensiyalarni shakllantirishda o‘quvchilar darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida chuqurroq, kengroq tushunishiga zamin yaratiladi. Shu nuqtai nazaridan bir necha o‘quv yillari davomida o‘tkazilib kelinayotgan tajriba-sinov natijalaridan maqsad:

    1. Fizika o‘qitish jarayonida masala yechish o‘quvchilarda fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish asosida biz taklif qilayotgan faol o‘qitish metodining afzaliklari qay darajada ekanligini ko‘rsatib berish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash.

2. Taklif etilayotgan masalani yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarning metodik xususiyatlarini shakllantirish asosida o‘qitish metodi umumta’lim maktablarida o‘z samaradorligini qay darajadaligini tadqiq etish.
3. Masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirishni aniqlashtirish va to‘ldirish, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun zaruriy metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
4. Masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirishga asoslanib, o‘rganiladigan fizik bilimlarning tahlili asosida o‘quv-nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish.
5. Kundalik turmush hayotimizda duch keladigan fizik hodisa va jarayonlarni masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarning metodik xususiyatlarini shakllantirish asosida hal etish.
Tajriba-sinov ishlarining aniqlovchi bosqichining (2020-2021y.) asosiy maqsadi, tanlangan muammoni umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishni masala yechish orqali kompetentlikning metodik xususiyatlari asosida tashkil etish holatini o‘rganish, o‘quvchida fizikadan masala yechish kompetentlikning metodik xususiyatlari tushunchasining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Buning uchun o‘quvchilarning fizikadan, masala yechishga, oid to‘garak mashg‘ulotlaridagi faoliyati o‘rganildi. Fizika ta’limining umumta’lim maktab dasturlari tahlil qilindi. Umumta’lim maktablaridagi fizika darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlari kuzatildi. O‘quvchilarda fizikaning modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar, issiqlik hodisalari, molekulyar fizika, termodinamika va boshqa bo‘limlari bo‘yicha tushunchalarning shakllanganlik darajarasi tekshirildi.
Ma’lumki, har bir ishda tashxisning to‘g‘ri qo‘yilishi keyingi ishlar samaradorligini belgilaydi. Shu bois o‘quvchilarda fizikadan masala yechish kompetentlikning metodik xususiyatlari, tushunchalar shakllanganlik darajasining dastlabki holatini aniqlashga alohida ahamiyat berildi. O‘quvchilar bilan anketa so‘rovnomalari o‘tkazildi. Javoblar tahlil natijalaridan, o‘quvchilarning ko‘pchiligida masala yechish kompetentlikning metodik xususiyatlarining ko‘nikmasi yetarli darajada emasligi aniqlandi.
Ammo Surxondaryo viloyatidagi maktablarda masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalar metodik xususiyatlarini shakllantirish haqida dastlabki so‘rovnomalar o‘tkazilganda oz bo‘lsa-da, masala yechish ko‘nikmasiga ega ekanligi aniqlandi.
Tajriba jarayonida o‘quvchilarning termodinamik qonuniyatlar asosida o‘rganiladigan mavzulardan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan ularning masala yechish orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda molekulyar fizika va termodinamika bo‘limida egallagan bilim va ko‘nikmalar orasida tafovut aniqlandi.
Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida (2021-2022 y.) fizikadan masala yechish o‘quvchilarda kompetentlikning metodik xususiyatlari, tushunchalar shakllanganlik darajasi aniqlandi. Fizik tushunchalarni masala yechish asosida shakllantirish imkoniyatlari izlandi.
O‘quvchilarda fizikadan masala yechish kompetentlikning metodik xususiyatlari tushunchalarning shakllanganligini aniqlash uchun to‘rt darajali (a’lo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) mezondan foydalanildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlariga 608 nafar o‘quvchdan 306 nafari tajriba guruhiga, 302 nafari nazorat guruhiga jalb qilindi.
1.1-jadval

Guruhlar

Jami o‘quvchilar soni, nafarda

O‘quv yillari

2020-2021

2021-2022

2022-2023

Tajriba

306

98

102

106

Nazorat

302

100

99

103

Jami

608

198

201

209

Tajriba-sinov ishlarining asoslovchi bosqichning (2022-2023 yy.) asosiy maqsadi, fizika o‘qitishda masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarning metodik xususiyatlarini shakllantirish asosida fizik tushunchlar metodikasini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazishga qaratilgan. Avvalgi bosqichlarga tayangan holda, tavsiya etayotgan metodikaga tuzatishlar kiritildi. Masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarning metodik xususiyatlarini masala, interfaol metodlardan foydalanildi. Bunday turli tipdagi masalalar muammoli vaziyatni keltirib chiqarishi natijasida o‘quvchilar o‘zlarida yetishmayotgan ko‘nikmalarni shakllantirishga ehtiyoj sezib, o‘qish motivlari vujudga kelgach, masala yechish orqali fizikaga oid kompetensiyalarning metodik xususiyatlari shakllantirildi.
Tajriba-sinov ishlari umumlashtirildi, matematik statistika χ2 Pirson (χ  2) metodidan foydalanib, sifat va miqdoriy jihatdan ishlov berildi. Tadqiqot ishida taqdim etilayotgan masala yechish orqali fizikaga doir kompetensiyalarning metodik xususiyatlari asosida fizik tushunchalarni shakllantirish metodikasi, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish, mustaqil ishlash faoliyatlarini tashkil etish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq deb topildi.
Tajriba-sinov ishlarining 2021, 2022 va 2023 yillardagi (dastlabki, oraliq va yakuniy natijalari) 1,2-jadvalda keltirilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling