Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


O‘quvchilarga fizikadan masalalarni yechish kompetentlikni shakllantirishning asosiy mezonlari


Download 0.59 Mb.
bet10/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

O‘quvchilarga fizikadan masalalarni yechish kompetentlikni shakllantirishning asosiy mezonlari:
1. Masalalarni yechish jarayonini tashkil etuvchi asosiy operatsiyalarni bilish va ularni bajara olish.
2. Amallar majmuasi strukturasini bilish.
3. Bir bo‘limdagi masalalarni yechishning o‘zlashtirilgan usulini boshqa bo‘lim va mavzulardagi masalalar yechishda foydalana olish.
O‘quvchilarga fizikadan masalalarni yechish kompetentlikning shakllantirish darajasi:
Birinchi daraja: masalani tahlil qila olish.
Ikkinchi daraja: turli turdagi masalalarni yechish qobiliyati.
Uchinchi daraja: masalalarni yechish usullari tizimini, aniq mavzular bo‘yicha muammolarni hal qilish tuzulmasini o‘zlashtirish.
To‘rtinchi daraja: fizikaga doir masalalarni yechishning umumiy algoritmini o‘zlashtirish.
Beshinchi daraja: fizika faniga doir masalalarni yechishda faoliyatning tuzilishini boshqa mavzulardagi muammolarni hal qilishga o‘tkazish qobiliyati.
Fizikadan masalalar yechishning metodik xususiyatlarini tadqiq qilishda o‘quvchi ko‘nikma va malakasini shakllantirish mezonlari va darajalarini tahlil qilish alohida o‘ringa ega ekanligi yuqoridagi tadqiqotchilar ishida o‘z namoyondasini topgan.
Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish orqali ta’lim sifatini oshiradi va bu o‘quvchilarda masala yechishda o‘rgangan bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Buning uchun ta’lim tizimidagi barcha ishtirokchilar birgalikda hamjihat bo‘lib, ishga kirishishlari kerak. Bunda avvalo ta’lim jarayondagi quyidagi asosiy muammolarni hal etish kerak bo‘ladi (mualliflik yondashuv):
1. Kompetensiyaviy yondashuv asosida dars talablarini belgilash.
2. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish.
3. Darsliklarni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish.
4.O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha o‘qitish texnologiyalarini tanlash va qo‘llash.
5. O‘quvchilarda kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash.
6. Tayanch va fizikaga oid kompetensiyalar shakllanishining muvofiqligini, uyg‘unligini ta’minlash.
Fizika o‘qitishning didaktik va metodik tamoyillariga ko‘ra, tayanch kompetensiyalar mazmunini aks ettirishning birinchi bosqichida, fizikaga tegishli ta’lim kompetensiyalari ro‘yxati tuziladi. Fizika fanining tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi aniqlanadi. So‘ngra fizika oid kompetensiyalarini tuzish uchun, o‘quv fanining tizimlashtirilgan komponentining minimal ro‘yxati tuziladi:
1. Ob’ektiv borliq ob’ektlari masalan, texnik qurilma (raketa, avtomobil, stanok va h.k.), fizik hodisalar, moddaning turli holatlari, fundamental maydonlar va o‘zaro ta’sirlar ajratib olinadi.
2. O‘rganilayotgan borliq haqidagi umummadaniy bilimlar: insoniyat tomonidan tegishli ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan qoidalar, qonunlar, nazariyalar, tushunchalar, qarama-qarshiliklar, g‘oyalar, gipotezalar, muammolar, texnologiyalar, alternativ yondashuvlar va boshqa bilimlar.
3. Umumiy va umumo‘quv ko‘nikmalar, malakalar, faoliyat turlari. Fizika faniga tegishli ko‘nikmalar, malakalar, faoliyat turlarining guruhlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ro‘yxati keltiriladi.
Umumta’lim maktablarida fizikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobilyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadryatlarni tarkib toptirishi, ijtimoiy hayotlarida hamda ta’lim olishi davom zarur bo‘lgan bilimlarni egallashlari lozim. Misol uchun molekulyar fizikada- modda tuzilishining molekulyar –kinetik nazariyasi, molekulalarning massasi va o’lchami, modda miqdori, ideal gaz, temperatura, gaz molekulalarining harakat tezligi, ideal gaz holatining tenglamasi, molekulalarning o’lchamini baholash, ichki energiya, termodinamik ish, issiqlik miqdori, jismlarda issiqlik muvozanatini o’rganish, termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonuni, issiqlik jarayonlarining qaytmasligi, issiqlik-termodinamika qonunlarining izojarayonlarga tatbiqi issiqlik mashinalari va tabiatni muhofaza qilish, suyuqlik va uning xossalari ho’llash, kapilyar hodisalar, kristallar va amorf jismlar, qattiq jismlarning mexanik xossalari, qattiq jismlarning erishi va qotishi, moddalarning solishtirma erish issiqligi, bug’lanish va kondensatsiya, atmosferadagi hodisalar, tavsiflaydigan kattaliklarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni, tabiatda ilmiy bilimlarga ega bo‘lsalar va o‘rganganlari asosida olamning fizik manzarasini shakllantira oladilar. Fizik masalalarni yechishda va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda, hayotiy extiyojlarni va qiziqishlar davrida fizikaga oid yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash turli manbalar (darslikdan, ilmiy-ommabop adabiyotlardan, fizik lug‘at va ma’lumotnomalardan, elektron ishlanmalardan va darsliklardan, Internet sahifalaridan va h.k) dan fizikaga oid malumotlar binoan ishlay olish, axborotni analiz qila olish va baholash, bir turdagi axborotni boshqa turdagi axborotga aylantira olish va shu kabi intellektual muammolarni yechish jarayonida bilishga bo‘lgan qiziqish, intellektual va kreativ qobiliyatlarni shakllantiradi. Bugungi kunda ta’lim jadalligi tez suratlarda ortib bormoqda, shuningdek, fizika o‘qitishda va o‘quvchilarda fizikaga oid kompetensiyalarni masalalar yechish orqali shakllantirishda umumta’lim maktablarida fizikadan masalalar yechishni yanada takomillashtirish va fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun har bir o‘tilayotgan dars mashg‘ulotlarini hayotiy misollar bilan boyitish hamda shu darsni nazariy ma’lumotlarini mustahkamlash uchun turli tipdagi masalalar yechishdan keng foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
O‘quv jarayonidagi vazifa fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini qanday tashkillashtirganda o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari shakllanishiga samarali hissa qo‘sha oladi, ya’ni fizik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Bundan har bir umumta’lim faniga oid kompetensiyalarning shakllanishi barobarida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllana boradi, ya’ni fanga oid kompetensiyalar tayanch kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.


Maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan turli tipdagi masalalar yechish orqali o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling