Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Download 0.59 Mb.
bet6/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida ko‘zlangan maqsadga erishish va tadqiqotni amalga oshirishda umumlashtirish, suhbat, kuzatish, ekspert baholash, kompetentlik testi va so‘rovnomalar o‘tkazish, tajriba-sinov natijalarini matematik-statistik metoddan foydalanib tahlil qilish kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda fizikadan turli tipdagi masalalar yechish kompetentlikni shakllantirish modeli ishlab chiqildi va masala shartining berilishiga ko‘ra matnli, grafikli, hisoblashga doir, eksperimental masalalarni yechishga qaratilgan kompetentlikni mezonlari hamda ko‘rsatkichlari takomillashtirildi;
o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentligini tadqiq etishda qo‘llaniladigan metodlar (arifmetik, algebraik, geometrik, grafik, sintetik) tanlanlandi va o‘quvchilarning masala yechishda nazariyaning asosiy tushunchalari va qoidalarini, qonunlarni, formulalarni, fizik kattaliklarni belgilash uchun, ularning o‘lchov birliklarini bilish, zarur hisob-kitoblarni tayyorlash va olingan ma’lumotlar asosida dastlabki empirik tadqiqotni o‘tkazildi;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida masalalar yechish kompetentligini ta’minlovchi xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazaridan asoslandi va masalalar yechish usuliga ko‘ra hisoblash, eksperimental, mantiqiy masalalardan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari tadqiq etildildi;
tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha turli tipdagi masalalar yechish orqali amaliy kompetensiyalar (fizik jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish, tushuntirish, tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash, xulosalar chiqarish, fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish) shakllantirildi va empirik xulosalar hamda amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi;
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
fanlararo integratsiyani ta’minlash maqsadida o‘quvchilarda fizikadan masala yechish asosida ilmiy xabardorlik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan “Fizikadan masalalar yechish” to‘garagi o‘quv dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarida texnik ta’limini amalga oshirish metodologik yondashuvlar asosida o‘quv resurslaridan samarali foydalanish metodik tizimi aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentligini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentligini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va tajriba-sinov ishlarida amaliyotga tatbiq etilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling