Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Tadqiqot natijalarining ishonchligi


Download 0.59 Mb.
bet7/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Tadqiqot natijalarining ishonchligi ishda qo‘llangan yondashuv va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlar vositasida asoslanganligini, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligini, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladigan didaktik vositalar va metodlarning ta’lim sifati hamda samaradorligiga oid ko‘rsatkichlar asosida tashkil etilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati masalalar yechish o‘quv materiallari fanlararo integrasiyani ta’minlash asosida o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan “Fizikadan masalalar yechish” to‘garagi o‘quv dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan bo‘lib innovatsiyalaridan foydalanib o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarida masala yechish asosida fizikadan ilmiy xabardorlik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha keltirilgan ilmiy metodik va amaliy takliflar asosida:
o‘quvchilarning fizika fanidan masalalar yechishga doir kompetentligini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, turli tipdagi masalalar yechish metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, molekular fizika, gazlarda kechadigan jarayonlar, termodinamika qonunlari hamda olam to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarni “Vizuallashtirish (RAD Studio) va avtomatlashtirish asosida takomillashtirish”ga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (2022-2023 yillarda) (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 3 maydagi 04-36-383-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativligi, mustaqil fikrlashi hamda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
fizika o‘qitish jarayonida turli tipdagi masalalardan foydalanish, o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amliyotda qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining F-OT-2021-497 “Fotoelektrik issiqlik batareyalari asosida kogeneratsion qurilmalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” (2021-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2023 yil 1 martdagi 01/9-14-666-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan masala yechish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning Quyosh fotoenergetikasi va boshqa zamonaviy energiya manbalarining fizik parametrlarini o‘rganish, fizik-texnik bilimlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilgan;
fizika o‘qitishda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan fizik tushunchalarni turli vaziyatlarda qo‘llash, hodisalarni tushuntirish va bashorat qilish, ilmiy va amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga doir metodik tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 10 maydagi 01/11-01/9-331-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida fizika fani dars mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirishga erishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrugʻi (1 - ilova) asosida “Molekulyar fizikadan masalalar to‘plami” nomli oʻquv qoʻllanma nashrga tavsiya qilingan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling