Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot-togarak (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI-Yangi mavzu bayoni
IX-Darsning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustaxkamlash. d) O'quvchilarni baxolash X-O'tilganlarni takrorlash: 1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz? 2. Yozuvchining ilk ijodiga mansub bo'lgan asarlami bilasizmi? 3. Abdulla Qodiriyning qanday romanlari bor? 4. Adibning nomi bilan ataluvchi qanday joy nomlarini bilasiz? XI-Yangi mavzu bayoni: XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi G ‘afur G ‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G ‘ulom Mirza Orif o£g‘li vafot etadi. Oradan olti yil o‘tar-o‘tmas bir etak bola mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg‘iz qolgan G ‘afuming «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo£lib ishlaydi. Biroq G £afur G ‘ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o‘zidagi iqtidomi faqat m a’rifat orqali ro‘yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Awal boshlang‘ich maktabda, keyin o‘sha paytda urfbo‘la boshlagan rus-tuzem maktabida o£qidi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, aw al o‘qituvchilik, so‘ng jurnalistlik qildi. 17 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og‘ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda — Yevropa maydonlarida kechgan bo‘lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlami bajarish uchun bizning o‘lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tidkchilik o‘tkazishga nihoyatda qiynalar, o‘lkada yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlami chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko‘chalarda daydib yurgan tilanchilar va gadoylar safiga urush bo‘layotgan o‘lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo£shilgandi. Bag‘ri keng o‘zbek xalqi ularga boshpana, o‘z bolalari rizqidan qiyib bo‘lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent — non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar ko‘lami va dahshatini yanada yaqindan his qilasiz. Ushbu og‘ir kunlaming barchasini yosh G ‘afur o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgani, yuragidan o‘tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg‘ondi. Shoiming o‘zi aytishicha, uning dastlabki she’riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag‘ishlab yozil- gan edi. G‘afiir G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yod- gor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari — «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar» singari she’rlari yaratildi. Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda yozilgan bo‘lsa-da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi. G‘afur G ‘ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek she’riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943-yilda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangandi. Adib 1966-yilning 10-iyunida og‘ir xastalik tufayli vafot etgan. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling