Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

IX-Darsning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash 
b) yangi mavzu bayoni 
c) mustaxkamlash. 
d) O'quvchilarni 
baxolash
X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
2. Yozuvchining ilk ijodiga mansub bo'lgan asarlami bilasizmi?
3. Abdulla Qodiriyning qanday romanlari bor?
4. Adibning nomi bilan ataluvchi qanday joy nomlarini bilasiz?
XI-Yangi mavzu bayoni:
XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi G ‘afur G ‘ulom 
1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi mahallasida 
tug‘ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G ‘ulom Mirza Orif o£g‘li 
vafot etadi. Oradan olti yil o‘tar-o‘tmas bir etak bola mehribon onadan 
ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg‘iz qolgan G ‘afuming 
«qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun 
kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi 
bo£lib ishlaydi. Biroq G £afur G ‘ulom hayotning bu sinovlari qarshisida 
dovdirab qolmadi. U o‘zidagi iqtidomi faqat m a’rifat orqali ro‘yobga 
chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Awal boshlang‘ich 
maktabda, keyin o‘sha paytda urfbo‘la boshlagan rus-tuzem maktabida 
o£qidi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, aw al 
o‘qituvchilik, so‘ng jurnalistlik qildi.
17


1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham 
og‘ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning 
yurtimizdan uzoqda — Yevropa maydonlarida kechgan bo‘lsa-da, Rossiya 
mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlami bajarish uchun 
bizning o‘lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi. 
Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tidkchilik o‘tkazishga 
nihoyatda qiynalar, o‘lkada yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlami 
chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda 
ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko‘chalarda daydib 
yurgan tilanchilar va gadoylar safiga urush bo‘layotgan o‘lkalardan non 
qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo£shilgandi. Bag‘ri keng 
o‘zbek xalqi ularga boshpana, o‘z bolalari rizqidan qiyib bo‘lsa-da, 
osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent — non shahri» 
filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar ko‘lami va dahshatini yanada 
yaqindan his qilasiz.
Ushbu og‘ir kunlaming barchasini yosh G ‘afur o‘z ko‘zlari bilan 
ko‘rgani, yuragidan o‘tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, 
yetimparvarlik hislari juda erta uyg‘ondi. Shoiming o‘zi aytishicha, uning 
dastlabki she’riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag‘ishlab yozil- 
gan edi.
G‘afiir G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yod- 
gor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi 
paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari — «Kuzatish», 
«Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar» singari she’rlari 
yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda 
yozilgan bo‘lsa-da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada 
sayqalladi.
G‘afur G ‘ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek 
she’riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid 
Olimjon bilan birga 1943-yilda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining 
haqiqiy a’zosi etib saylangandi.
Adib 1966-yilning 10-iyunida og‘ir xastalik tufayli vafot etgan.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling