Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

XI-Yangi mavzu bayoni:
Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o‘tganki, ulaming umri 
va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa 
o‘xshaydi. Bilsangiz, bir lahzada chaqnab o£tib ketadigan chaqmoq 
ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quwatni 
o‘zida mujassam etadi. Rus shoiri M. Y. Lermontov, tatar ijodkori Ab­
dulla To‘qay, o‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi 
Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam 
umr ko‘rgan bo‘lsalar-da, ular yozib qoldirgan asarlaming ahamiyati 
asrlarga tatigulikdir.
Usmon Nosir bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6 -7
yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bo‘lg‘usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida 
dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi
19
1


bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o£tadi. 
Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt 
yashariigida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga 
chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi intematda 
o‘qiydi, tarbiyalanadi.
1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi Oczbekiston dorilfununi 
(hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdoshlari 
orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlami tez o‘zlashtira olishi, shoirlik 
iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi. Usmon Nosir 
nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham 
chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga 
oshiqardi. Bu intilishlar shoiming dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatar, 
yoshgina yigit bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin 
parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi. Mana, uning 
Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi — «Oq yuvib, oq tarab» 
she’ridan ayrim lavhalar. Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini 
tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z 
xotiralariga oshno etadi:
Esingdami, g‘arib ona, 
Sarg‘ayib yerga tushgani
U qishlaming zahri? 
Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.
Yuzni momataloq qilgan 
Qon, yoshlar-la to‘lganda
U yillarning qahri? 
U ko‘zlaring seni,
Mehribonim, yodga tushdi, 
Tuproqqa yuz tutganda
Bir kuni kuz nahori
Umring bahori...
Usmon Nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asami qo‘shimcha 
tashbehlar bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni 
go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand 
hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz 
va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umum- 
lashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling