Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


X-O’tilganlarni takrorlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

X-O’tilganlarni takrorlash:
' 1. Shoir Shukrulloning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
2. «Umr haqida ertak» asarining mazmunini so‘zlab bering.
3. Ertak necha qismdan iborat va u qanday maqsadga ko‘ra qismlarga 
ajratilgan?
4. Sayyoh chol nima maqsadda dunyo kezadi? U o‘z izlagan narsasini 
topadimi?
5. Qabr toshlariga vafot etgan kishilarning aniq yoshlari yozilmaganini 
izohlang.
6. Ozodlik, erkin hayot, istiqlol degan so‘zlami Siz qanday tushunasiz?
XI-Yangi mavzu bayoni:
Andersen 1805-yil 2-aprelda Daniyaning Odens shahrida kambag‘al 
etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. Andersen oilasi muhtojlikda kun kechiradi. 
Bo‘lajak ertakchining bolaligi muhtojlik va yupunlikda o‘tadi. Biroq yupun 
va nochor ahvoliga qaramay yosh Andersen ko‘proq o‘qish, o‘rganish 
payidan bo‘ldi. Otasi vafot etgach, o‘n to‘rt yoshli Andersen Daniya 
poytaxti Kopengagenga keladi. Bu yerda ham o‘qish, izlanishda bo‘ladi. 
Dastlab u teatrga qiziqadi. Bu sohada jiddiy shug‘ullanishga ahd qiladi. 
Aktyor bo£lish rejasi amalga oshmagach, o‘zicha kichik-kichik sahna 
asarlari yozadi, ulami shahar teatrlariga taklif qilib ko‘radi. Kopengagen
13


teatrlaridan birining direktoriga uning yozganlari ma’qul bo‘ladi shekilli, 
u pyesalarni sahnalashtirmasa-da, qaysidir mulohaza bilan yosh 
muallifni qo‘llab-quwatlashga qaror qiladi. Andersen uning tavsiyasi 
bilan teatrdan stipendiya oladi va unga Lotin maktabida bepul tahsil 
olish huquqi beriladi. So‘ngroq Andersen Konpengagen universitetida 
o‘qiydi.
0 ‘qish-o‘rganishda suyagi qotgan yosh Andersen uzoq-uzoqlarga 
sayohat qiladi. U Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida 
bo‘ladi. 0 ‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, 
qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha ko'ngli joyiga tushmasdi. Bundan 
tashqari, sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adib- 
lari, san’atkorlari bilan uchrashdi. Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, 
Geyne, Rossini, Vagner, List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda 
bo‘ldi.
1835-yilda adib o‘zining birinchi yirik asari — «Improvizator» 
romanini e’lon qiladi. Roman o‘quvchilar orasida mashhur bo‘lib 
ketadi. Biroq bu mashhurlik shundan keyingi muvaffaqiyatlar oldida 
hech narsa bo‘lmay qoladi. Gap shundaki, adibning o‘sha yili bosib 
tarqatilgan dastlabki ertaklar to‘plami kutilmaganda unga katta shuhrat 
keltiradi. Boshda ertaklarini o‘quvchilar yoqtirishiga o ‘zi ham 
ishonmagan yosh ertaknavis adib bu to‘plamdan so‘ng bolalar va 
kattalar birday qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga 
amin bo‘ladi va bundan keyingi umrini ijodning shu sohasiga 
bag‘ishlaydi. Unga yaratgan ertaklari olamshumul shuhrat keltirdi. 
«Bolalarga aytilgan ertaklar», «Yangi ertaklar», «Tarixlar», «Yangi 
ertaklar va tarixlar» to'plamlari Andersen nomini dunyoga mashhur 
qilib yubordi.
«Bulbul» ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan, yol- 
g‘onchilikdan qaytaradi. Inson qalbini tushunib yashashga, har bir 
narsadan go‘zallik topa olishga undaydi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling