Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

XI-Yangi mavzu bayoni:
0 £zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan bin Maqsud 
Mas’um o‘g‘li Shayxzodadir. U 1908-yili Ozarbayjonning Agdash 
(Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasining kasbi shifofcorlik 
bo‘lib, she’riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga 
muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug‘ilgan shahrida 
maktab ta’limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedago- 
gika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan muallimlik qila bosh- 
laydi. 1928-yili u hurfikrliligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga 
aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg‘a 
qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‘ngiga qadar Shayx- 
zodaning butun hayoti 0 ‘zbekiston bilan bog‘lanadi. U awal turli gazeta 
va jumallar tahririyatlarida muharrir, 1935— 1938-yillarda 0 ‘zbekiston 
Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- 
yildan hayotifso4ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 
instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
9


Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e’lon qilina 
boshlandi. 30-yШaгda shoiming « 0 ‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi 
kitob», «Jumhuriyat» nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi. Ana shu 
to‘plamlari bilan Shayxzoda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shoir sifatida 
tanildi va tan olindi.
Uning ijodi 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj 
pardalarga ko‘tarildi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‘q 
qilish, hayotni, tiriklikni, shon-u sharafni saqlash, xalqni ruhan yengil- 
maslikka, matonatga da’vat etish shoirning o‘sha yiUari chop etilgan «Ku- 
rash nechun», «Jang va qo‘shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki» 
kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining 
yarn bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi.
Siz tariximiz to‘g‘risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki, o‘lkamizni 
XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi bo‘lganida, 
xalqimizning mard o‘g‘lonlaridan Jaloliddin Manguberdi dushmanga 
qarshi qattiq kurash olib boradi. 0 ‘z vatani mustaqilligini saqlash 
uchun mardonavor turib jang qiladi. Mana shu tarixiy shaxs siymosi va 
shonli o‘tmish sahifalarini badiiy haqqoniylik bilan tasvirlash «Jalo- 
liddin Manguberdi» dramasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pyesa 
Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi 0 ‘zbek 
Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. Botir lashkarboshi Jalo­
liddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burhonov olib chiqadi.
Mazkur asarlar yaratilishidan awalroq, 50-yillarning boshlarida 
Maqsud Shayxzoda ham «qatag‘on» siyosatining qurboni bo‘lib, «xalq 
dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. 50-yillaming o‘rtalarida 
qatag‘onchilik qoralanib, ko‘p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod 
etilgach, u irodasini bukmay, qizg‘in ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi. She’rlar, 
doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Pushkin, Lermontov
Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon adabiyoti namoyandalari 
ijodidan taijimalar qildi. Olim sifatida Alisher Navoiy she’riyati haqida 
chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling