7. O’nli kasrlarni ko’paytirish va bo’lish (25 soat).
O’nli kasrni natural songa ko’paytirish. O’nli kasrni natural songa bo’lish. O’nli kasrlarni ko’paytirish. O’nli kasrga bo’lish.O’rta arifmetik. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
8. Foizlar (15 soat).
Foizlar. Foizlarga doir masalalar yechish. Burchak. To’g’ri va yoyiq burchak. Burchaklarni o’lchash. Transportir. Burchak o’lchov birliklari. Doiraviy diagrammalar va ularni qurish. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
9. Takrorlash uchun savol va masalalar (17 soat).
6-sinf
Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)
5 - sinfda o’tilganlarni takrorlash (5 soat)
I. Oddiy kasrlar (92 soat)
1. Sonlarning bo’linish belgilari (18 soat)
Sonning bo’luvchilari va karralilari. Sonlarning 10 ga, 5 ga va 2 ga bo’linish belgilari. Sonlarning 9 ga va 3 ga bo’linish belgilari. Tub va murakkab sonlar. Natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratish. Eng katta umumiy bo’luvchi. O’zaro tub sonlar. Eng kichik umumiy karrali (bo’linuvchi).
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Har xil mahrajli kasrlarni qo’shish va ayirish (21 soat).
Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish. Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish. Har xil mahrajli kasrlarni taqqoslash. Har xil mahrajli kasrlarni qo’shish va ayirish. Aralash kasrlarni qo’shish va ayirish. Masalalar yechish.
3. Oddiy kasrlarni ko’paytirish va bo’lish (29 soat)
Oddiy kasrlarni ko’paytirish. Sonning kasrini topish. Ko’paytirishning taqsimot xossasining qo’llanishi. O’zaro teskari sonlar. Oddiy kasrlarni bo’lish. Sonni kasriga ko’ra o’zini topish. Kasr ifodalar. Masalalar yechish. G’iyosiddin Jamshid al-Koshiyning «Aylana haqida risolasi». G’iyosiddin al-Koshiyning «Hind ilmi kaliti» asari haqida. Ulug’bek ilmiy maktabining matematikani rivojlanishidagi roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |