Umumiy o’rta ta’lim maktablari 5-6 sinflarda matematika kursuni o’qitishda tarixiy ma’lumotlardan foydalanish


Download 1.46 Mb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1251439
1   2   3   4   5
Bog'liq
5,6 ñèíô 2

4. Nisbat va proportsiya (24 soat)
Nisbat tushunchasi. Proportsiyalar. Proportsiyaning asosiy xossasi. To’g’ri va teskari proportsional bog’lanishlar. Masshtab. Uchburchak, uning perimetri, turlari. Aylana uzunligi va doira yuzi. Masalalar yechish. Abu Rayxon Beruniyning nisbatlarga oid asarlari haqida.
II. Ratsional sonlar (73 soat)
5. Musbat va manfiy sonlar. Butun sonlar. (12 soat).
To’g’ri chiziqda koordinatalar. Musbat va manfiy sonlar haqida tushuncha. Musbat va manfiy sonlarni son o’qida tasvirlash. Butun sonlar haqida tushuncha. Qarama-qarshi sonlar. Sonning moduli. Sonlarni taqqoslash. O’zgaruvchi miqdorlar. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
6. Musbat va manfiy sonlarni qo’shish va ayirish (12 soat).
Koordinatalar to’g’ri chizig’i yordamida sonlarni qo’shish. Manfiy ishorali sonlarni qo’shish. Har xil ishorali son­larni qo’shish. Sonlarni ayirish. Masalalar yechish.
7. Musbat va manfiy sonlarni ko’paytirish va bo’lish (11 soat).
Sonlarni ko’paytirish. Sonlarni bo’lish. Ratsional sonlar. Ratsional sonlar ustida bajariladigan amallar xossalari. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
8. Tenglamalarni yechish (13 soat).
Qavslarni ochish qoidasi. Koeffitsient. O’xshash hadlar va ularni ixchamlash. Tenglamalarni yechish. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
9. Tekislikda koordinatalar (12 soat).
Perpendikulyar to’g’ri chiziqlar. Parallel to’g’ri chiziqlar. Koordinatalar tekisligi. Ustunli diagrammalar. Grafiklar. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.

Respublika umumiy o’rta ta’lim maktablarida qo’llanilayotgan darsliklardagi tarixiy ma’lumotlarning Davlat ta’lim standartlari va dastur bilan mutanosibligi o’rganildi vazifalariga mos holda tahlil qilindi. Bunda 5,6–sinflar uchun «Matematika», darsliklaridagi tarixiy materiallar qisqa berilgani, tarixiy materiallardan foydalanishga bag’ishlangan muqobil metodik qo’llanma va tavsiyalar yetarli emasligi va mavjudlarining mazmunida insonparvarlik tamoyilidan foydalanish muammolari to’liq o’z ifodasini topmagani aniqlandi.


M.Mirzaahmedov va A.Rahimqorievlarning 5,6–sinflar uchun «Matematika» darsliklarida al–Xorazmiyning rasmi va sonning yozilishi (5b.), raqamlar yozilishi tarixi (23b.), sonlarni ayirish (33b.), al–Xorazmiyning «Algorizmi hind hisobi haqida» (43b.), sonlarni ko’paytirish (61b.), uzunlik o’lchovlari (79b.), ibn Sino (108b.), kasrlar (227b.) tarixiga oid materiallarning qisqacha bayoni berilgan. Kasrlarga oid tarixiy ma’lumotlarning 227–betdan,
B.Xaydarov 5-sinf darsligida (2015) 31 betda raqamlarni kelib chiqishi va turli xalqlarda yozilishi haqida 127 betda Axmad al Fargoniyning Nil daryosi suv sigimini va chuqurligini ulchaydigan inshoot haqida 209 betda foiz belgisi tarixi berilgan.
B.Xaydarov 5-sinf darsligida (2020 yildagi )

1.Mazkur darslikning 9 –betida



2. Darslikning 14 –15 betida



Darslikning 57 betida

. 6–sinf darsligida Mirzo Ulug’bek va Jamshid Koshiy (17b.) «Arifmetika kaliti» asarida o’nli kasrlarning (29b.), «π»sonining Jamshid Koshiy va boshqa olimlar tomonidan hisoblangan qiymatlari (80b.), proportsiyaga oid Beruniy ishlari va masalasi (104b.) manfiy sonlar tarixi (170b.), al–Xorazmiyning «Al–Jabr val – muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» asari (207b.) to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumotlar keltirilgan .









5 va 6 – sinflarda kasr sonlar yozilishining uchta turi o’rganiladi: oddiy kasr, o’nli kasr va foizlar. Nima uchun kasr sonlarni yozishning mana shu uchta shakli o’rganiladi? Nima uchun ulardan faqat bittasini o’rganish mumkin emas? Kasr sonlarni yozishning boshqa shakllari bormi? Nima uchun ularni maktabda o’rganilmaydi?
Tirishqoq o’quvchida albatta yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bunday savollarga faqat matematika tarixi, xususan SHarq va Markaziy Osiyo matematiklarining asarlaridan o’rganib javob berish mumkin. Masalan, o’nlik kasrlar va ular bilan amallar bajarishning sistematik ko’rinishini XV asrda Samarqandda yashagan olim Jamshid Koshiy ilmiy asosda bayon qilgan. Hisoblashni osonlashtirish vositasi sifatida o’nlik kasrlarning yuzaga kelishining tarixiy dalili o’quvchi kasrlarning asosiy tushunchalari bilan tanishgandan so’ng, o’nlik kasrlar nazariyasining zarurligiga ishonch hosil qiladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling