Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)
I. Natural sonlar (74 soat).
1. Natural sonlar va shkalalar (18 soat).
Natural son tushunchasi. Natural sonlarni yozilishi va o’qilishi. Kesma. Kesmaning uzunligi. Kesmalarni taqqoslash. Uzunlik o’lchov birliklari. Uchburchak. Tekislik, to’g’ri chiziq va nur. SHkalalar va koordinatalar. Koordinatalar (sonlar) nuri. Natural sonlarni taqqoslash. Katta kichik. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Natural sonlarni qo’shish va ayirish (20 soat) .
Natural sonlarni qo’shish va uning xossalarini koordinatalar nurida tushuntirish. Natural sonlarni ayirish va uning xossalari. Sonli va harfli ifodalar. Qo’shish va ayirish xossalarining harfiy ifodasi. Tenglamalar. Masalalar yechish. Al-Xorazmiyning «Algorizmi hind hisobi haqida» asari.
3. Natural sonlarni ko’paytirish va bo’lish (21 soat).
Natural sonlarni ko’paytirish va uning xossalari. Natural sonlarni bo’lish. Qoldiqli bo’lish. Ifodalarni soddalashtirish. Amallarni bajarish tartibi. Natural sonlar ustida to’rt amalga doir misol va masalalar. Sonning darajasi. Sonning kvadrati va kubi. Masalalar yechish.
4. Yuz va hajmlar (15 soat).
Formulalar. To’g’ri to’rtburchak va kvadrat yuzi formulalari. Yuz o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli parallelepiped va kub. Hajm o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
II. KASR SONLAR (96 soat).
5. Oddiy kasrlar (26 soat).
Aylana va doira. Ulushlar. Oddiy kasrlar haqida tushuncha. Kasrlarni taqqoslash. To’g’ri va noto’g’ri kasrlar. Bir xil mahrajli kasrlarni qo’shish va ayirish. Bo’lish va kasrlar. Aralash kasrlar. Aralash sonlarni qo’shish va ayirish. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
6. O’nli kasrlar (13 soat).
O’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishi. O’nli kasrlarni taqqoslash. O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish. Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni yaxlitlash. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |