Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidagi laboratoriyalar tahlili Annotatsiya
Download 24.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqHujjat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidagi laboratoriyalar tahlili Annotatsiya: Ushbu maqolada, 10-sinf darsligidagi ,,Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash’’ laboratoriya ishini o‘rganib chiqamiz va takliflar berib o‘tamiz. Kalit so‘zlar: matematik mayatnik, erkin tushish tezlanishi, tebranish davri Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash Ishning maqsadi: Erkin tushish tezlanishini matematik mayatnik yordamida aniqlash usulini o‘rganish. Kerakli asbob va jihozlar: Matematik mayatnik, laboratoriya universial shtativ, sekundomer, o‘lchov lentasi. Ishni bajarish tartibi: 1. Ipni imkoni boricha uzunroq holatda mahkamlab, uning uzunligi o‘lchanadi. Shar radiusi r aniqlanadi. Olingan natija 1-jadvalga yoziladi. l=( lip + r ) 2. Sharchani muvozanat vaziyatidan uncha katta bo‘lmagan (6°-8°) burchakka og‘dirib, u harakatga keltiriladi. Shu onda sekundomer ishga tushiriladi. 3. Matematik mayatnikning tebranishlar soni sanaladi. Mayatnik N1=20 marta tebranganda sekundomer to‘xtatiladi. 4. Sekundomerning ko‘rsatishi qayd etiladi va 1-jadvalga yoziladi. 5. T = dan tebranish davri aniqlanadi. 6. g = 4п2l/T2 ifodaga ko‘ra erkin tushish tezlanishi hisoblanadi. 7. Mayatnik ipining uzunligini o‘zgartirmasdan tebranishlar soni N2 = 30 ta va N3 = 40 ta hollari uchun tajriba yuqoridagidek takrorlanadi. 8. Olingan natijalar asosida mayatnik tebranish davri va erkin tushish tezlanishining qiymatlari aniqlanib, 1-jadvalga yoziladi. 9. Olingan natijalar asosida quyidagi 1-jadval to‘ldiriladi.
Matematik mayatnikda erkin tushish tezlanishini aniqlashlashning yana bir usuli mavjud bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Bunda hisoblashlar davomida, 2-jadvaldan foydalanib, T tebranish davrini lip ipning uzunligini o‘zgartirish orqali aniqlaymiz. Download 24.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling