Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Ufq tomonlarini aniqlash 
uchun qo‘lla 
ni ladi gan asbob 
kompas deb ataladi.
20-rasm. Qutb 
yulduzini topish.
Shq
Qutb yulduzi
1
2
2 – Tabiatshunoslik, 4-sinf


34
Kompas ixtiro qilingandan keyin safarga chiqqan 
odam lar unga qarab, ufq tomonlarini bilib borgan.
Kompasdan foydalanish uchun uni stol ustiga 
yoki kaftga qo‘yib, murvati tortiladi. Bunda kompas 
ko‘r satkichlari biroz tebranib, ufq 
ning ikki tomoniga 
yo‘nalib qoladi. Havorangli ko‘rsat kichi shimolni, qizil 
rangli ko‘rsatkichi esa janubni ko‘rsatadi.
Kompas qutichasini burab, shimol (Sh) belgisi 
qo‘yilgan joyi havorang li ko‘rsatkichiga to‘g‘rilab qo‘yi-
ladi. Shunda ufqning boshqa tomon 
lari ham ma’lum 
bo‘ladi. Kompas gardishida ufqning sharq (Shq), ja-
nub (J) va g‘arb (G‘) tomonlari ham yozib qo‘yilgan. 
1. Quyoshning chiqish va botish tomonlarini bilgan hol-
da ufq tomonlarini aniqlang. 
2. Maktabingizning shimol tomonida nimalar (do‘kon, 
ko‘cha, bog‘, dala va hokazolar) bor? Sharq, janub 
va g‘arb tomonlarida-chi? 
Tayanch so‘zlar: ufq, ufq chizig‘i, ufq
tomonlari, sharq, 
g‘arb, shimol, janub, qutb yulduzi,
kompas.
1. Ufq deb nimaga aytiladi?
2. Daraxt shoxlari va kesilgan daraxt to‘nkasi yor-
damida ufq tomonlari qanday topiladi?
3. Osmonning shimol tomonida doim bir joyda ko‘-
rinadigan yulduz nomini ayting?
4. Kompas deb qanday asbobga aytiladi? Uning yorda-
mida ufq tomonlari qanday aniqlanadi?
5. Kompasdan qanday foydalaniladi?
Uyingizning shimol, sharq, janub va g‘arb tomo-
nida nimalar borligini daftaringizga yozing.
?


35

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling