Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)
1-rasm. 1 – tog‘dagi kavraklar; 2 – tog‘ yonbag‘ridagi
xandon pista; 3 – cho‘ldagi saksovullar; 4 – dashtdagi shirachlar; 5 – tog‘ o‘rmoni; 6 – tog‘ daryosi. 1 2 3 4 5 6 5 tabiati, musaffo havosi, zilol suvlari bilan kishilarni maftun etadi. O‘lkamiz tabiati hayvonot olami bilan ham boy- dir. Tog‘lar da, cho‘llarda, o‘rmonlarda, daryo va ko‘l bo‘ylarida turli xil jonzotlar hayot kechiradi (2-rasm). Tog‘lardan boshlanadigan sersuv daryolar aholini, bog‘ va dalalarni suv bilan ta’minlaydi. Tog‘lar oralig‘ida ko‘plab qishloqlar joylashgan. Bu yerlarning tabiati o‘zgachadir. Tabiati go‘zal tog‘ yonba- g‘irlarida dam olish oromgohlari va sihatgohlar tashkil etilgan. Oromgoh va sihatgohdagilar uchun toza tog‘ havosi va zilol suvlari shifodir. 2-rasm. 1 – qo‘ng‘ir ayiq; 2 – tog‘ echkisi; 3 – olako‘zan; 4 – laylaklar; 5 – kapalak; 6 – qirg‘iy. 1 2 3 4 5 6 6 O‘lkamizdagi shaharlarning ko‘rinishi ham juda maf- tunkor. Sha har lar yildan yilga go‘zallashib bormoqda. Bir-biridan chiroyli va hashamatli binolar qurili shi bilan bir qatorda ko‘plab istirohat bog‘lari ham barpo etil- di. Shahar va qishloqlarda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor berib kelin- moqda. Har yili erta bahorda hashar yo‘li bilan yo‘l chetlariga, binolar atrofi ga ko‘plab manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi. Siz 4-sinf «Tabiatshunoslik» darslarida avval koinot bilan, so‘ngra o‘lkamizdagi daryo va ko‘llar, o‘rmonlar, cho‘llar, tog‘lar, adirlar tabiati bilan tanishasiz. Mamla- katimiz tabiati xilma-xilligini bilib olganingizdan keyin Vatanimiz bo‘ylab sayohat qilasiz. Bunda Toshkent shahri, har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi tabi atini alohida o‘rganasiz. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling