Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Tayanch so‘zlar: Quyosh sistemasi, sayyora, orbita,
Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran,
Neptun, tabiiy yo‘ldosh.
1. Quyosh sistemasini qanday osmon jismlari tashkil 
etgan?
2. Sayyora nima? U qanday ma’noni bildiradi?
3. Tabiiy yo‘ldosh nima? Yerning nechta tabiiy yo‘ldoshi 
bor?
4. Har bir sayyora haqida gapirib bering.
5. Sayyoralar ichida eng sovuq sayyora qaysi?
6-rasmda tasvirlangan Quyosh sistemasini daftaringizga 
chizing va sayyoralarning nomlarini yozing.
QUYOSH SISTEMASIDAGI BOSHQA OSMON 
JISMLARI
Kometalar
Tunlari yulduzlar orasida «bosh» va unga ergash-
gan «dum»dan iborat osmon jismini kuzatish mumkin 
(7-rasm). 
«Bosh» va «dum»dan iborat bo‘lgan Quyosh 
sistemasidagi osmon jismi kometa deyiladi.
Kometaning boshi qattiq holatdagi tosh, temir va 
bosh qa moddalardan, dumi esa gaz va changlardan 
iborat. Boshi ning diametri bir necha kilometr, dumining 
uzunligi esa bir necha million kilometrgacha bo‘ladi. 
?


18
Kometalar orasida shunday ulkanlari borki, ularning 
uzunligi 200 million kilometrdan ortiq, ya’ni Yerdan 
Quyoshgacha bo‘lgan masofadan ham katta. 
Kometalar Quyosh atrofi da sayyoralar kabi ma’lum 
orbita bo‘yicha aylanib yurmaydi. Ular sayyoralarning 
orbitasini kesib o‘tib, Quyoshga gohida yaqinlasha-
di, gohida uzoqlashadi. Masalan, katta kometaning 
boshi Venera sayyorasining oldida bo‘lsa, dumining 
uchi Mars sayyorasi yonida bo‘lishi mumkin. Quyosh 
sistemasida mingdan ortiq kometalar bor. Ba’zan say-
yoralar o‘z yo‘lida kometaning dumi orasidan o‘tadi.
Kometalar dumini Yer sayyorasi ham kesib o‘tishi 
mumkin. Agar shunday hodisa yuz bersa, kometa 
dumini tashkil etgan gaz va changlar Yer sharini o‘rab 
turgan havoda yo‘q bo‘lib ketadi. 
Bizga keyingi 200 yil ichida kometalar Yer bilan 
ikki marta to‘qnashgani ma’lum. Ikkala holda ham 
kometaning dumi Yer sharini kesib o‘tgan. Lekin Yer 
shari zarar ko‘r 
magan. 
Mabodo kometaning boshi Yer shariga yaqinlashsa, 
7-rasm. Kometa.


19
un dagi tosh va temirlar havoda erib ketadi. Chunki 
kometa boshi Yerga juda katta tezlik bilan yaqinla-
shayotganda havoga ishqalanib erib ketadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling