Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OY – YERNING TABIIY YO‘LDOSHI
- 10-rasm.
Tayanch so‘zlar: «dumli yulduz», kometa, «daydi toshlar», «uchar yulduz», meteor, meteorit, asteroid, kosmonavtika. 1. Kometa deb qanday osmon jismiga aytiladi? 2. Kometalar qanday ko‘rinishda va kattalikda bo‘ladi? 3. Meteor qanday osmon jismi? Tunlari osmonda ular- ni ko‘rganmisiz? 4. Meteorlar nima uchun Yerga kelib urilavermaydi? 5. Meteorit nima? Meteor meteoritdan nimasi bilan farq qiladi? Ko‘rgan filmlaringiz asosida osmon jismlari haqida daftaringizga yozing. 9-rasm. Yerning sun’iy yo‘ldoshi. 22 OY – YERNING TABIIY YO‘LDOSHI Biz yashayotgan sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan Oy Yer atrofi da doimiy ravishda aylanib yuradi (10-rasm). Oy Yer sharini 27 sutka 8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Uning Yerdan uzoqligi 384 400 kilo- metrga teng. Oy Quyoshga qaraganda bizga 390 marta yaqin. Oy ham Yer kabi shar shaklidadir (11-rasm). Uning diametri 3 500 kilometr, ya’ni Yernikidan 4 marta ki- chik. Massasi esa Yer massasidan 81 marta kam. Oy sirti Yernikiga o‘xshamaydi. Oyda o‘simliklar ham, hayvonlar ham yo‘q. Uning sirtida jonsiz tabiat hukm suradi. Chunki Oyda hayot uchun zarur bo‘lgan havo ham, suv ham mavjud emas. Oyda harorat kunduzi +120°C, kechasi −160°C bo‘ladi. Kunduzi 15 sutka davom etadi, undan keyin 15 sutka davomida qorong‘i kecha bo‘ladi. «Oyning 15 kuni qorong‘i, 15 kuni yorug‘» degan xalq maqoli shundan kelib chiqqan. 10-rasm. Oyning Yer atrofi da aylanishi. 11-rasm. Oyning ko‘rinishi. Oy Yer 23 Oyda havo yo‘q. Shuning uchun uning sirtiga ko‘plab meteoritlar tushib turadi. Son-sanoqsiz meteorit larning urilishidan Oyning sirtida ko‘plab chuqurliklar hosil bo‘lgan. Yerdan qaraganda Oyning ko‘rinishi turli holatda bo‘ladi. Ba’zida kechasi Oy ko‘rinmay qoladi. Bir necha kun o‘tib, ingichka ko‘rinishdagi hilol oy ko‘rinadi. Kunlar o‘tishi bilan hilol oy kattalashib, yarim oyga aylana boradi. Yarim oy kundan kunga to‘lishib, bir haftadan keyin to‘lin oyga aylanadi (12-rasm). Bir necha kundan keyin to‘lin oyning yana kichrayib borayotganini kuzatish mumkin. Shu tarzda to‘lin oy yana yarim oyga, so‘ngra hilol oy ko‘rinishiga kelib qoladi. Yana bir necha kundan keyin Oy umuman ko‘rinmay qoladi. Yana bir necha kun o‘tishi bilan tunda osmon gumbazida hilol oy paydo bo‘ladi. Oy shu tariqa o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib turadi. Oy o‘zidan nur chiqarmaydi. U Quyosh nurlarini qayta- radi. Oyning Quyoshga qarab turgan yarmisi yorug‘, 12-rasm. Oyning ko‘rinish holatlari: 1 – hilol oy; 2 – yarim oy; 3 – to‘lin oy. 1 2 3 24 orqasi esa qorong‘i bo‘ladi. Tunlari bizga faqat Quyosh yoritib turgan yorug‘ qismi ko‘rinadi, xolos. 1. Stol lampasini yoqib, uning nuri yo‘liga koptokni qo‘ying. Lampani Quyosh deb, koptokni esa Oy deb tasavvur qiling. Koptokka lampa tomondan qarang. Bunda koptokning yoritilgan sirtini to‘liq ko‘rasiz. To‘lin oy shunday hosil bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling