Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari 
sayyoralar deb ataladi.
Sayyoralar o‘zidan nur chiqarmaydi. Biz sayyora-
lardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko‘ramiz, xolos.
Quyosh atrofi da 8 ta sayyora ayla 
nib yuradi. 
Ular quyidagicha nomlanadi: Merkuriy, Venera, 
Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun
Har bir sayyora o‘z orbitasiga ega. Sayyora orbitasi,
bu – Quyosh atrofi da sayyoraning harakat yo‘li bo‘lib, 
6-rasmda aylana chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqin-
ligi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Kichik sayyoralar
Merkuriy
Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametri 
Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Merkuriy Quyosh atro-
fi ni 88 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sir tida tuproq 
yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon 
jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib 
ketgan. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Unda 
hayot borligi haqida hech qanday belgi mavjud emas.
Merkuriy sirtida harorat kunduzi +430°C, kechasi esa 
−160°C atrofi da bo‘ladi.


14
Venera
Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Quyosh 
atrofi ni 225 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyo-
rani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini 
yaxshi qaytarishi natijasida tunlari bizga u yulduz 
kabi charaqlab ko‘rinadi. Hatto, erta tongda yulduzlar 
ko‘rinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab 
turadi. Shuning uchun qadimda Venera sayyorasini 
«Zuhro yulduzi», «Tong yulduzi» deb atashgan. Arab-
chada «zuhro» so‘zi «tong» degan ma’noni bildiradi. 
Sayyorada vulqonlar otilishidan tog‘lar vujudga kel-
gan. Sayyora sirtida harorat kunduzi +470°C gacha, 
kechasi +20°C gacha bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q.
Yer
Biz yashaydigan Yer shari ham Quyosh atrofi da 
aylanib yuruvchi sayyoralardan biridir. Sayyoramiz 
Quyosh atrofi ni 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib 
chiqadi. Quyosh sistemasidagi mavjud 8 ta sayyo-
radan faqat Yerda hayot bor. Faqat bizning sayyo-
ramizdagina hayot uchun sharoit mavjud.
Yer va boshqa say yoralarning atrofi da osmon jism-
lari aylanib yuradi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling