7
YER – QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA
YULDUZLAR. QUYOSH
Yulduzli osmon
Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi.
Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da,
aslida ular-
ning har biri juda ulkan.
Yulduz bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib
turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.
Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda ekanligini
tasavvur qilib ko‘raylik. Ulardan
tarqalayotgan nurlar
1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Nur-
ning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin
yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinib
turgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun
esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi.
Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz,
yulduzlar
rang-barangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir.
Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday
yulduzlar sirtidagi harorat +10 000°C dan +100 000°C
gachadir.
8
Yulduzlar orasida sarg‘ishlari
ham bor. Ular sirtidagi harorat
+3 000°C dan +10 000°C
gacha
bo‘ladi.
Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda
bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagi
harorat +2 000°C dan +3 000°C
gacha bo‘ladi.
Bulutsiz tunda 3 000
taga ya-
qin yulduzni ko‘ra olishimiz mum-
kin. Ko‘ri
na di gan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz
yulduzlar mavjud.
Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rga nishga qiziqqanlar.
Jumladan,
buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek (1394–1449)
yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus
in shoot –
rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi
asboblar yordamida tekshirishlar
natijalari asosida
yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlar-
ni o‘rganish natijalarini to‘plab, alohida kitob yozib
qol dirgan. Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yul
duz
haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan
yulduzlar haqidagi
ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: