Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


? Quyosh – Yerdagi hayot manbayidir


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

?
Quyosh – Yerdagi hayot manbayidir
Quyosh bepoyon olamga tinimsiz yorug‘lik tarqatib 
turadi. Bu yorug‘likning bir qismigina Yerga keladi. 
Yerdagi butun tirik tabiat – o‘simlik va hayvonlar, shu-
ningdek, odamzod Quyosh yorug‘ligi tufayli mavjuddir.
Faraz qilaylik, Quyosh birdaniga g‘oyib bo‘lib qoldi. 
U holda Yerda qanday o‘zgarishlar yuz berishi mum-
kin? Avvalo, hamma yoqni tim qorong‘ilik qamrab 
oladi. Osmondagi Oyning yorug‘ligi ham yo‘qoladi. 
Chunki Oy o‘zidan yorug‘lik chiqarmaydi, u Quyosh 
nurini ko‘zgu kabi bizga qaytaradi, xolos. Quyoshning 
yorug‘ligisiz Yer yuzi tez sovib ketardi. Hamma yoq 
qor-muzliklar bilan qoplanar edi. Daryo va ariqlardagi, 
hattoki, vodoprovoddagi suvlar ham to‘xtab qolar edi. 
Xullas, hamma yoqni vahimali qorong‘ilik bosib, qahra-
ton sovuq egallar edi. Quyosh yorug‘ligisiz o‘simliklar 
ham o‘smasdi, hayvonlar ham yashay olmasdi. Meva-
sabzavotlar, oziq-ovqatlar ham bo‘lmasdi. Shuning 
uchun ham aytish mumkinki, Quyosh – Yerdagi hayot 
manbayidir.
Tayanch so‘zlar: yulduz, osmon jismi, rasadxona,
Quyosh.
1. Yulduz nima?
2. Yulduzlar bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Nima uchun «Quyosh – eng yaqin yulduz» deyiladi? 
4. Quyoshning diametri va massasini Yer shariniki bilan 
taqqoslang.
5. Nima uchun «Quyosh – Yerdagi hayot man-
bayi» deyiladi?


12
SAYYORALAR
Quyosh sistemasi
Quyosh atrofi da sayyoralar, kometalar, meteorlar 
va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi (6-rasm). 
Quyosh va uning atrofi da aylanib yuruvchi 
barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sis-
temasini tashkil etadi.
6-rasm. Quyosh sistemasidagi sayyoralar.
Tunlari ba’zida xira «yulduz»ning boshqa yulduz-
lar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini 
payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz 
emas, balki sayyoradir.


13

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling