30
Yer shari Quyosh atrofi da bir tomonga og‘gan hol-
da aylanadi. Quyida 18-rasmdagi 4 ta holatni ko‘rib
chiqamiz.
1-holat. Quyosh nurlari
Yer ekvatorining pastki qis-
mini ko‘proq yoritadi. Bu
qish fasliga to‘g‘ri keladi.
Quyosh nurlari Yer shari
ning
ekvatoridan yuqori qis-
miga kam tush
gani uchun kunlar sovuq bo‘ladi.
2-holat. Quyosh nurlari
ekvatorning yuqori va past
qis mini birday yoritadi. Bu
bahor fasliga to‘g‘ri keladi.
3-holat. Quyosh nurlari ekvatorning yuqori qismini
ko‘p roq yoritadi.
Bu holat yoz fasliga to‘g‘ri keladi.
4-holat. Quyosh nurlari ekvatorning yuqori va past
qismini birday yoritadi. Bu
kuz fasliga to‘g‘ri keladi.
Yer sharining Quyosh atrofi da bir tomonga
og‘ gan holatda aylani
shi dan yil fasllari hosil
bo‘ladi.
Globusni lampa atrofi da aylantirib, 18-rasmdagi 4 ta
holatni hosil qiling. Har bir holatni tushuntirib bering.
Tayanch so‘zlar: sutka, kun, tun, yil, yil fasllari.
Do'stlaringiz bilan baham: