Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklarga esa o‘simliklar, 
hayvonlar, tuproqlar kiradi. Ular inson tomonidan ko‘p foy-
dalanilishi oqibatida kamayib, nobud bo‘lishi mumkin. Le-
kin ma’lum vaqt foydalanilmay turilsa yoki parvarish qilin-
sa yana o‘z holiga qaytadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz 
hududida o‘simliklarning 4 500 ga yaqin turi, hayvonlar-
ning 15 700 ga yaqin turi mavjud. Lekin ularning ko‘pchiligi 
yo‘qolib ketish arafasida. Shuning uchun o‘simliklar va hay-
vonlardan ehtiyotkorona foydalanish zarur.
Ayniqsa, tuproq qoplamining qayta tiklanishi juda qi-
yin. Chunki u hozirgi holatga kelgunicha ming yillar kerak 
bo‘ladi. Shuning uchun tuproqni yuvilib ketishdan va turli 
xil chiqindilar bilan ifl oslanishidan muhofazalab foydalanish 
kerak.
Tayanch so‘zlar: tabiiy boyliklar, tugaydigan tabiiy boy-
liklar, tugamaydigan tabiiy boyliklar, qayta tiklanadigan tabi-
iy boyliklar.


78
1. Tabiiy boyliklar deb nimaga aytiladi?
2. Tabiiy boyliklarga nimalar kiradi?
3. Tugaydigan tabiiy boyliklarga misol keltiring.
4. Tugamaydigan tabiiy boyliklarga nimalar kiradi?
5. Qayta tiklanadigan tabiiy boyliklarni nima uchun muho-
faza qilish kerak? 
Daftaringizga o‘z o‘lkangizda qanday tabiiy boyliklar borli-
gini va ulardan foydalanish haqidagi ma’lumotlarni 
yozing.
O‘ZBEKISTON QO‘RIQXONALARI
Keyingi yuz yil ichida Yer yuzi aholisi tez sur’atda 
ortdi. Katta yerlar ekin maydonlariga aylantirildi, 
shahar va qishloqlar, korxonalar qurildi. Bularning 
barchasi adir, cho‘l va o‘rmonlar egallagan yerlar-
ning o‘zlashtirilishi hisobiga amalga oshiril 
moqda. 
Natijada Yer yuzidagi tabiiy o‘simliklar qoplami ka-
mayib ketdi. Masalan, o‘lkamizda yong‘oq, pista, 
bodom, do‘lana kabi mevali daraxtlar, zira, piskom 
piyozi, anzur, qoraqand kabi dorivor o‘simliklar ka-
mayib bormoqda. 
Adir, cho‘l va o‘rmonlarning o‘zlashtirilishi natija-
sida hayvonot olamiga juda katta zarar yetkazildi. 
Hayvonlarning bir qancha turlari yo‘qolib, ko‘plab 
turlari kamayib ketdi. Ba’zi hay 
vonlarning kamayib 
noyob bo‘lib qolganligidan «O‘zbekiston Respublika-
si Qizil kitobi»ga kiritilgan.
?


79
Insonning tabiatga salbiy ta’sirini ma’lum bir hu-
dudda taqiqlash, yo‘qolib borayotgan hayvon va 
o‘simlik turlarini muhofaza qilish va ko‘paytirish 
maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling