Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Samarqand viloyati
Turkiston va Zarafshon tog‘ 
tizmalarining g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan. Viloyat-


95
ning shimoliga Nurota tog‘ tizmasi va Oqtog‘ kirib 
kelgan.
Samarqand viloyatining maydoni – 16
800 kv. km, 
aholisi – 3 million 583 ming kishidan ortiq. 
Viloyatning asosiy daryosi – Zarafshon. Shuning-
dek, Darg‘om, Narpay, O‘ng qirg‘oq, Chap qirg‘oq, 
Markaziy magis 
tral, Zarafshon, Eski anhor kanallari
Katta qo‘rg‘on suv ombori mavjud.
Viloyatda oltin, volfram, neft, tabiiy gaz, marmar, 
granit, ohaktosh kabi foydali qazilma konlari mavjud.
Viloyat markazi – dunyoga tanilgan qadimiy Samar-
qand shahridir (58-rasm). Viloyatda Katta qo‘rg‘on, Ur-
gut, Oqtosh va boshqa shaharlar ham bor.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yoz-
da havo issiq va quruq bo‘ladi. Havo harorati iyul 
oyida +38°C atrofi da, ba’zida harorat +42°C gacha 
ko‘tariladi. Yanvarda o‘rtacha harorat 
−4°C ni tashkil 
etadi. Ayrim kunlari harorat 
−20°C gacha pasayadi. 
Bu viloyatlar hududining bir qismi cho‘llarga to‘g‘ri 
keladi. Mirzacho‘l va Qarnobcho‘lda sho‘ro‘zak, 
57-rasm. Aydarko‘l (1), uning atrofi da yashovchi laylaklar (2)
va fl amingolar (3).
1
2
3


96
qorabosh, shuvoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un, yantoq 
kabi o‘simliklar o‘sadi. Qarnobcho‘lning qumli joylari-
da oq va qora saksovul, juzg‘un, cherkez, quyonsu-
yak, selin, iloq va boshqa o‘simliklar uchraydi.
Cho‘llarda qo‘shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, 
tipratikan, quyon, tulki, kaltakesak, ilon, bo‘rsiq, fa-
langa, qoraqurt uchraydi. Qushlardan laylak, to‘r-
g‘ay, so‘fi to‘rg‘ay, qirg‘ovul, loyxo‘rak kabilar makon 
topgan.
Tog‘li hududlarda archa, na’matak, yong‘oq, irg‘ay, 
zirk, xandon pista, bodom, do‘lana kabilar o‘sadi. Bu 
yerlarda kiyik, tog‘ echkisi, bo‘ri, ayiq, to‘ng‘iz, beda-
na, bulbul, kaklik, kalxat, lochin, burgut uchraydi. 
Cho‘llarning katta qismi o‘zlashtirilgan. Bu yerlar-
dan mo‘l hosil olinadi.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Jizzax va 
Samarqand viloyatlarida 3 ta qo‘riqxona tashkil 
etilgan (59-rasm). Nurota tog‘-yong‘oq davlat 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling